Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda “Yil odami” deb eʼtirof etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle vыborov zasedanii Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle vыborov zasedanii Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston
Maxsus mukofot va diplomni olish uchun tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Bishkek shahriga kelgan.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchixonasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Ala-Too ayыmdarы” (“Ola-Tau xonimlari”) ekologik harakati tomonidan “2019 yil odami” unvoni berilishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, respublika rahbariyati topshirigʻiga binoan maxsus mukofot va diplomni olish uchun tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Bishkek shahriga kelgan.

© KOVALENKOPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev priznan v Kыrgыzstane «Chelovekom 2019 goda»
Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda “Yil odami” deb eʼtirof etildi  - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev priznan v Kыrgыzstane «Chelovekom 2019 goda»

Marosimda “Ala-Too ayыmdarы” ekologik harakati rahbari Jipargul Bargibayeva nutq soʻzlagan. U oʻz nutqida  Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoda doʻstlik, tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida amaliy va qardoshlik muhitini yaratish boʻyicha olib borilayotgan siyosat Oʻzbekiston rahbari nomzodini tanlashning asosiy sababi boʻlganini taʼkidlagan.

“Ala-Too ayыmdarы” harakati mukofoti, aslida, butun Qirgʻiziston xalqining irodasi ifodasidir”, - deyilgan xabarda.

Ilhom Neʼmatov Oʻzbekiston prezidenti nomidan “Ala-Too ayыmdarы” harakatiga va u orqali shaxsan qardosh Qirgʻiziston xalqiga Oʻzbekiston rahbarining oʻzaro manfaatli oʻzbek-qirgʻiz hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari eʼtirof etilgani uchun samimiy minnatdorlik va chuqur hurmatni izhor etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala