Si Szinpin Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

© REUTERS / Axel SchmidtPredsedatel KNR Si Szinpin
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U shuningdek, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy xalqiga hamdardlik va ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Do‘st kulfatda bilinadi: O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

"Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurash munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor", - deyiladi XXR raisi yo‘llagan maktubda.

U shuningdek, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0