O‘tgan yilda qurib topshirilgan uylarning zudlik bilan rasmiylashtirilishi so‘ralmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar zudlik bilan rasmiylashtirib olinmasa, uylar narxiga 15% qiymat solig‘i qo‘shiladi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. 2019-yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar zudlik bilan rasmiylashtirib olinmasa, uylar narxiga 15% qiymat solig‘i qo‘shiladi. Bu haqda “O‘zshaharqurilishinvest” IK axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Jiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlariga uy qanday tartibda beriladi - ekspert izohi

Qayd etilishicha, ushbu foydalanishga topshirilgan uy-joylar bank krediti mablag‘lari hisobiga qurilgan. Shu bois kreditga hisoblangan foizlar uy-joylar narxiga qo‘shilib boriladi.

Buning oldini olish maqsadida ayni damda mijozlardan o‘zlariga topshirilgan kvartirani qisqa muddatda o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olishlari so‘ralmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining shu haqdagi (2019 yil 28-noyabr PF-5886-sonli) farmonining  5-bandiga muvofiq, uy-joylar 2020-yil 1-iyulga qadar rasmiylashtirilib olinishi zarur.

Aks holda kvartira qiymati "O‘zshaharqurilishinvest" IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0