Boyovut tumani hokimi lavozimiga ayol kishi tayinlandi

© Xokimiyat Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblastiUralova Dilfuza naznachena xokimom Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblasti
Uralova Dilfuza naznachena xokimom Bayovutskogo rayona Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza Uralova Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza Uralova Boyovut tumaniga hokim bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlangan. Unda deputatlar viloyat hokimining O‘lmasjon Mamadaminovning boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etish, shuningdek, Dilfuza Uralovani Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari muhokama qilingan.

Dilfuza Uralova nomzodi bir ovozdan tasdiqlangan.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Senatiga yangi rais saylandi

Shunday qilib, Dilfuza Uralova hozircha O‘zbekistondagi yagona ayol hokimga aylandi.

Ma’lumot uchun, Dilfuza Uralova 2012-yilda - "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

D.Uralova 1985-1990 yillar mobaynida - Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001-2010 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan.

2010-2015 yillar mobaynida - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan, 2015-2017 yillar mobaynida - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0