Dunyodagi eng boy odam "Yerni qutqarish" uchun 10 mlrd $ ajratdi

Obuna bo‘lish
Milliarder Jeff Bezos sayyoradagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun “Yer fondini” tashkil etish va unga 10 milliard dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Amazon rahbari Jeff Bezos sayyoradagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun uning sharafiga “Yer fondini” tashkil etish to‘g‘risida qaror e’lon qildi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida post yozdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Jeff Bezos (@jeffbezos)

“Men iqlim o‘zgarishining zararli ta’siriga qarshi kurashishning yangi usullarini kashf etmoqchiman”, - deb yozgan Bezos.

"Sayyoramiz uchun eng katta tahdid" ga qarshi uchun Bezos 10 milliard dollar ajratadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yer jamg‘armasi mablag‘lari ushbu muammoni hal qilish bilan shug‘ullanadigan olimlar, faollar va nodavlat tashkilotlariga ajratiladi.

“Men yozda grantlarni berishni boshlayman”, - deb ta’kidladi milliarder.

Bezos kompaniyalar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va oddiy odamlarni birgalikda ishlashga chaqirdi.

"Yer barchamizni birlashtiradi - keling uni birgalikda himoya qilaylik", - deb taklif qildi u.

Avvalroq, Jeff Bezos Forbes reytingiga ko‘ra dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yetakchilik joyini oldi. 115,5 milliard dollar ko‘rsatkich bilan u Louis Vuitton Moet Hennessy prezidenti Bernar Arnoni ortda qoldirdi, uning boyligi 112,9 milliard dollarga baholanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0