Toshkentda bir haftada 13 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilishi aniqlandi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati bir hafta davomida sodir bo‘lgan yo‘l harakati qoidalariing buzilishi bilan bog‘liq holatlar va ularning sababini oshkor qildi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘tgan haftada (10-16 fevral) bo‘lgan vaqt davomida IIBB YHXB YPX inspektoralari tomonidan 13 821 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan. Shulardan 2266 tasi – qo‘pol ravishda sodir etilgan qoidabuzarliklardir.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Nazorat ostidagi shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Xususan, spirtli ichimliklar ta’siri ostida avtomobil boshqarish holatlari 76 ta, svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik 494 ta, zarur hujjatlarsiz boshqarish 725 ta, quvib o‘tish qoidalarini buzish 407 ta, YHXB xodimining talablariga bo‘ysunmaslik holatlari 32 tani tashkil etgan.

Shular orasida telefon yoki magnitafondan foydalanish 187ta, tegishli hujjatlarsiz oynalarni qoraytirish 40 ta, qalbaki, o‘zgartirilgan yoki begona davlat raqamlari 4 ta, trotuar va piyodalar yo‘laklari bo‘ylab harakatlanish holatlari 106 ta qayd etilgan.

Shundan to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish bo‘yicha 854 ta holat belgilangan bo‘lsa, kichik to‘qnashuvlar (YTH) bo‘yicha 492 ta qoidabuzarlik  aniqlangan.

Bundan tashqari piyodalar tomondan ham yo‘l harakati qoidalari buzilgan bo‘lib, bu bo‘yicha 428 ta holat ko‘zga tashlangan.

“Poytaxtimiz aholisi turli YTHlar haqida e’lon qilayotgan xabarlarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarishmoqda degan umiddamiz, chunki yo‘l harakati qoidalarini buzish ko‘pincha qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Hodisada aybdor bo‘lgan va uning oqibatlari bilan to‘qnashgan shaxslar qilgan xatolaridan qattiq afsus chekadilar, ammo o‘tgan voqealarni o‘zgartirishga qodir emaslar” deyiladi IIBB axborot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0