Toshkentda mast erkak Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqaddam sudlangan va mast 25 yoshli fuqaro uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan IIV xodimlariga pichoq bilan tashlangan.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Toshkentda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazgan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 14-fevral kuni Shayxontohur tumani navbatchilik qismiga “Shodlik” mahallasidagi xonadonlardan birida janjal kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borishdi. Xodimlar mast holatda qo‘lida pichoq ushlab turgan erkakni tinchlantirmoqchi bo‘lganlar. Biroq mast erkak Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazgan.

© GUVD g. TashkentaToshkentda mast erkak Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi
Toshkentda mast erkak Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda mast erkak Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi

Natijada jarohat yetkazgan 25 yoshli B.A. qo‘lga olingan va Shayxontohur tumani IIO FMB 8-son IIBga holatni atroflicha o‘rganish va qonuniy chora ko‘rish uchun olib borilgan.

Yangiliklar lentasi
0