Hindiston O‘zbekistonga yadro infratuzilmani rivojlantirishda yordam beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaket AES
Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Hindiston O‘zbekistonga yadro infratuzilmani rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “O‘zatom” delegatsiyasi Hindistonga tashrif buyurgan. Tashrif bilan AES qurilishi va ekspluatatsiyasi tajribasini o‘rganish va tegishli vazirlik va idoralar bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik o‘rnatish borasida muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.

Sergey Prixodko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

Safar davomida Hindiston hukumati huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish departamenti tizimiga kiruvchi tizimlar rahbariyati va vakillari bilan atom energetikasi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda, jumladan, kadrlar tayyorlash, O‘zbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi.

“Hindiston tomoni O‘zbekiston Respublikasida milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ham ma’lum qildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston aholisi orasida O‘zbekistonda AES qurilishi munosabati bilan ommaviy eshituvlar tashkil qilinishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0