Qotilliklar, qiynoqlar va tovlamachilik. Butun dunyo AQSh sirlaridan qanday boxabar bo‘lgan?

© Sputnik / Aleksey Olisko / Mediabankka o‘tishVisadka desanta
Visadka desanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxsni ikkinchi bor qamoqqa olishdi, ammo AQSh hukumatining o‘zi taxmin qilinayotgan harbiy jinoyatlar uchun javob berganicha yo‘q.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik, Sofya Melnichuk. Hech qanday sud va surishtiruvsiz amalga oshirilgan qatl, tinch aholining o‘qqa tutilishi, chet el hukumatlariga o‘tkazilgan bosimlar va mahbuslarning qiynoqqa solinishi - o‘n yil oldin butun dunyo amerika tashqi siyosatining mana shunday yoqimsiz tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan edi.

Goroda mira. Tegeran - Sputnik O‘zbekiston
Eron maxsus xizmatlari 17 nafar AQSh josusini qo‘lga oldi

Ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxsni ikkinchi bor qamoqqa olishdi, ammo AQSh hukumatining o‘zi taxmin qilinayotgan harbiy jinoyatlar uchun javob berganicha yo‘q.

Murakkab davr

"Boshqa chora yo‘q, faqatgina AQShdan yordam olish mumkin edi. Ammo, iltimoslarga qaramay, shu ayon ediki, biz hech narsa qilmoqchi emasdik. Agar hujjatlarni e’lon qilsam, go‘yo, bu adolatsizlikni to‘g‘rilashim mumkindek ko‘rindi menga", — Chelsi Menning o‘n yil oldin amerikaga oid diplomatik yozishmalardan iborat maxfiy fayllarni nega jamoatchilikka e’lon qilganini xuddi shunday tushuntirgan edi.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj - Sputnik O‘zbekiston
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi

2010-yilning 18-fevralida janjalli shov-shuvlar bilan tanilgan WikiLeaks sayti Menningdan olingan hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi. Keng ko‘lamli fosh qilishlar esa "Reykyavik 13", deb nomlangan fayllardan boshlandi.

Endilikda o‘z jinsi va ismini o‘zgartirgan, butun jahonga tanilgan Bredli Menning o‘sha vaqtda razvedkaga oid ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha mutaxassis edi. U Iroqdagi harbiy bazalarning birida xizmat qilar va uning qo‘lidan ulkan hajmdagi maxfiy materiallar o‘tardi. Shu jumladan, u Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti kompyuter tarmoqlari, shuningdek, Ichki xavfsizlik vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan ishlatiladigan razvedka kommunikatsiyalari global tarmog‘iga ham bemalol ulana olardi.

Mashhur fosh qiluvchining bolaligi va o‘smirligi baxtiyor kechgan, deb aytib bo‘lmaydi. Oila muhitini yaxshi deb bo‘lmasdi, ota-onasi ichkilikka mukkasidan ketgan va keyinchalik ajrashib ketadilar. Bolakay nimjon bo‘lib o‘sar, o‘smirlik chog‘ida tengdoshlari uning ustidan kulardilar. Shu bilan birga, tanishlarining xotiralarida u anchayin ziyrak va mustaqil fikrli bola bo‘lib muhrlanib qolgan.

Chelsi Menningga aylangan Bredli Menning

Maktabdan keyin universitetga kira olmagach, otasi unga avval armiyaga borishni, so‘ng veteranlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha oliy ta’lim olishni maslahat beradi. Ammo Bredlining harbiy xizmatga doir umidlari boshqacha edi. U xizmatga borib, gender tenglik kasalligini yengib olishni istar, chunki bolaligidan o‘zini ayoldek his etardi.

Julian Assanj jurnalistlar oldida - Sputnik O‘zbekiston
BMT Julian Assanjninig ozodlikdan mahrum qilinishini noqonuniy deb topdi

2009-yilda Bredli Menning murakkab davrni boshdan kechirdi. U Iroqda bo‘lgan vaqtlarida, o‘zi hamisha qarshi bo‘lib kelgan urush ishtirokchisiga aylangani uchun vijdon azobida yonardi. Bundan tashqari, unda psixologik muammolar ham zo‘raydi - gender masalasi hech barham topmasdi. Yil oxirida esa uning asablari pand berdi: rahbarining tanbehiga javoban, u ish kabinetida to‘polon ko‘taradi.

Xuddi shu vaqtda Bredli WikiLeaks haqida bildi — saytda 2001-yil 11-sentabrida sodir etilgan terrorchilik aktlari haqida ma’lumotlar e’lon qilingandi.

2010-yilning yanvarida Menning ish kompyuteridan Iroq va Afg‘onistonda o‘tkazilgan harbiy kampaniyalar to‘g‘risida bir necha yuz ming fayllarni yuklab, ko‘zni shamg‘alat qilish uchun ularni ustiga "Lady Gaga" deb yozilgan diskda olib chiqib ketadi.

Maxfiy ma’lumotlarni u avvaliga yirik amerika nashrlarida ishlaydigan jurnalistlarga pullashga urinib ko‘radi, ammo muxbirlar bu taklifni javobsiz qoldirishdi. O‘shanda Menning kompromatni WikiLeaksga yo‘llaydi va javobini kutib o‘tirmasdan, tez orada qolgan qismini ham yuboradi. Shu tariqa barcha materiallar saytda paydo bo‘ladi.

Sotrudnik Federalnoy Slujbi Bezopasnosti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yaponiyalik jurnalist maxfiy ma’lumotlarni to‘plaganlik uchun qo‘lga olindi

Hujjatlarga ko‘ra, amerika hukumati 2008-yildagi iqtisodiy inqiroz zarbasiga uchragan Islandiyani Yaqin Sharqdagi harbiy kampaniyada ishtirok etishga majbur etgan. 30-yilda birinchi marta taraqqiy etgan va Xalqaro valyuta fondiga murojaat qilgan - kollaps yoqasiga kelib qolgan davlatda shunchaki boshqa tanlov qolmagandi.

Sud va tergovsiz

2010 yilning aprelida 2007-yil 12-iyunda Bag‘dodda olingan videoyozuv paydo bo‘ladi. Bunda jangovar vertolotdan bir necha kishi otib tashlangan, xususan, Reyterning ikki jurnalisti ham. Muxbirlar qo‘lidagi fotoapparatlarni amerikaliklar qurol deb o‘ylashgan. So‘ngra jarohatlanganlarga yordam berish uchun yetib kelgan avtomobilga qarata ham o‘t ochilgan. Ikki bolakay jarohatlangan va videoda bu holatga izoh bergan harbiy: "Nima desam, o‘zlaridan xato o‘tgan, axir ular bolalarni jang maydoniga olib kelishgan", deb aygan.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilsa, AQSh yordamni kamaytiradi - OAV

Menning ilgarigidek gender nomuvozanatlikdan aziyat chekardi. Rahbarlarning biriga xat yo‘llab, holatni tushuntiradi va maktubga o‘zining ayollar libosidagi suratini ilova qiladi. U o‘zida yaxshi tomonga o‘zgarishni sezmayotgandi. Natijada psixiatrlar qo‘mondonlikka uni xizmatdan ozod qilishni maslahat berishadi.

Xuddi shu davrda ijtimoiy tarmoqlarda tanishlari bilan suhbatlashgan Menning WikiLeaksga ma’lumotlar yuborganiga iqror bo‘ladi. Suhbatlardan biri xaker Adrian Lamo bilan bo‘lgan edi. U esa 2010-yil may oyi oxirida Menningni FBRga sotadi. Uni Iroqda hibsga olishadi. Unga nisbatan, xususan, "dushmanga yordam" ayblovi ilgari surilib, bu uchun oliy jazo nazarda tutilardi.

Iyul oyi oxirida 2004-2009 yillar kechgan afg‘on urushining yangi tafsilotlari aks ettirilgan yangi fayllar paydo bo‘ladi. Aniq bo‘lishicha, koalitsiya qo‘shinlari jangovar hodisalar davomida yuzlab afg‘on fuqarolarini o‘ldirishgan va bular haqida rasman xabar qilinmagan. "Xudkushlar bo‘lishi ehtimoli" bilan otib tashlangan oddiy motosiklchilar voqeasi, shular jumlasidan. Maxsus xizmatlarning "qora otradlari" toliblar yetakchilariga ov uyushtirar va ular sud hamda surishtiruvlarsiz o‘ldirilardi.

Vashingtonda ushbu materiallar keskin qoralanadi. Oq uyda hujjatlardagi hodisalar Barak Obamadan oldingi davrda bo‘lib o‘tganini ta’kidlaydi.

Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama "Islom davlati" tor-mor etiladi, deya bashorat qildi

Qo‘rqinchli sirlar

2010-yilning oktabrida Iroqda o‘tkazilgan harbiy kampaniyalar haqida yana to‘rt yuz mingga yaqin hujjatlar qo‘shiladi. Ma’lum bo‘lishicha, qurbonlar soni e’lon qilinganidan ancha ko‘p edi. "Biz urush oldidan va urush davrida haqiqatni yashirishga bo‘lgan urinishlarning bir qismini tuzatishga umid qilamiz",  -degan edi o‘shanda WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

Pentagonda o‘shanda bir marta emas, bir necha marotaba qurbonlarning aniq soni haqida aniq statistika olib borilmasligini, ammo 2004-yildan 2008-yilga qadar, amerika harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, 77 mingga yaqin iroqliklar halok bo‘lgan. WikiLeaks ma’lumotlari bo‘yicha — kamida 109 ming.

WikiLeaks sayti - Sputnik O‘zbekiston
Wikileaks: AQSh razvedkasi ayfon, ayped va smart-tvdan josuslikda foydalanmoqda

Jahon shuningdek, ushlab turilganlar bilan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lingani, tinch aholi bilan bog‘liq fojiaviy hodisalardan xabar topadi.

"Shuningdek, KPPlarda hech qanday asossiz ko‘zi yoradigan ayolni olib ketayotgan haydovchini o‘ldirganlik haqida dalillar bor. Iroqlik asirlarni qiynashgan, tomida bitta qo‘zg‘olonchi borligi gumoni bilan butun binolar yo‘q qilingan", — deyiladi WikiLeaks xabarida.

Shundan so‘ng Guantanamo qamoqxonasi atrofida janjal avj oladi. U yerda hech qanday ayblov qo‘yilmagan 150 nafar pokistonliklar va afg‘onlar ushlab turilgandi. Shu jumladan, 89 yashar keksa chol va 14 yashar o‘smir ham. Hibsga olinganlar qiynoqqa solingan.

Bosh informator Bredli Menning 2013-yilda ishning 22 epizodidan 17tasida aybdor deb tan olinadi va 35-yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Hukm e’lon qilinganidan so‘ng u o‘zini ayol deb hisoblashini va bundan buyog‘iga o‘z ismini Chelsiga o‘zgartirganini e’lon qiladi. 2014-yil uning hujjatlari almashtiriladi va gormonal terapiya kursini o‘tashga ruxsat beriladi.

Turma Guantanamo - Sputnik O‘zbekiston
Trampga “IShID” terrorchilarini Guantanamo qamoqxonasiga yuborish taklif qilindi

Ammo u ayollar qamoqxonasiga olib o‘tilmaydi.

Sudda Menning qilgan ishidan afsusdaligini aytadi: "Meni harakatlarim odamlarga ziyon yetkazganidan afsusdaman. Bu Qo‘shma Shtatlarga ziyon yetkazganidan pushaymonman. Harakatlarim tufayli qasddan qilinmagan oqibatlar kelib chiqqani uchun uzr so‘rayman. Men bu qarorlarni qabul qilayotganda, odamlarga yordam bera olishimga ishonar edim".

2017-yil Barak Obama buyrug‘i bilan Menningga berilgan jazo yumshatiladi. Chelsi yetti yillik qamoq jazosidan so‘ng muddatidan oldin ozodlikka chiqadi, ammo tez orada yana panjara ortiga qaytadi. 2019-yilning aprelida ayolni 400 kunga hibsga olishadi. Sababi, u AQSh hukumati tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda WikiLeaks va Londonda qo‘lga olingan Julian Assanjga qarshi ko‘rsatma berishdan bosh tortgan edi. Menning hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan har bir kun uchun  jarimaga tortiladi va hibs muddatining oxirida davlatdan qarzi 440 ming dollarga yetadi. Chelsi Tvitterda o‘zida bor mablag‘larning jami miqdori 11 kunlik hibs uchun to‘lashga yetishini ta’kidlagandi.

Chelsi Menning

BMTda transgenderning qo‘lga olinishi yuzasidan havotir bildirilgan edi. Menningni qamoqdan ozod qilish talabi bayon etilgan petitsiya 58 759 imzoni to‘playdi. RIA Novosti Chelsi bilan suhbatlashishga urinib ko‘rdi, biroq u aloqaga chiqmadi.

Amerika harbiylarining harbiy jinoyatlari Afg‘onistondagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan o‘rganilmoqda. Ammo AQSh Xalqaro jinoiy sudda ishtirok etmaydi va uning qarorlarini tan olmaydi. O‘tgan yili Vashington Gaaga sudining bosh prokurori Fata Bensudani vizadan mahrum qilgandi. Davlat kotibi Mayk Pompeo esa surishtiruv ishtirokchilarining qolganlari bilan ham xuddi shunday yo‘l tutilishini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0