O‘zbekistonda o‘quvchilarni maktabdan maktabga o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti na zanyatiyax v shkole
Deti na zanyatiyax v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qabul qilingan buyruq nodavlat umumta’lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta’lim muassasasiga ko‘chirishga oid talablarni belgilab beradi.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekistonda o‘quvchilarni maktabdan maktabga o‘tkazish tartibi takomillashtirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur buyruq O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Buyruq nodavlat umumta’lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta’lim muassasasiga ko‘chirishga oid talablarni belgilab beradi.

Hujjatga ko‘ra, nodavlat umumta’lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta’lim muassasasiga ko‘chirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga ta’lim oluvchilar safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda ta’lim oluvchining baholar (o‘zlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi.

Yangiliklar lentasi
0