Infografika

Allo, Oʻzbekiston: internet va aloqa masalasi haqida

Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli dastur davom etmoqda. Internetga ulanish boʻyicha vaziyat yaxshilanmoqda, ammo hali oldinda ishlar koʻp.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2020 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda uyali aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning 96 foizdan oshdi, aloqa stantsiyalari soni esa 26 mingtaga yetdi.

Bundan tashqari, Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar soni oʻsib bormoqda. Tarmoqning 22 million foydalanuvchisidan 19 millioni oʻzbekistonliklar mobil qurilmalar orqali Internetga kirishadi.

Mamlakat optik tolali internet tarmogʻining infratuzilmasini barpo etishda ishlar davom etmoqda: joriy yilda mavjud 36 ming kilometrlik liniyaga yana kamida 12 ming kilometr qoʻshiladi.

Uyali aloqa egalari uchun Toshkent metrosida tarmoqqa kirish imkoniyati paydo boʻldi, bu yerda 700 ga yaqin Wi-Fi ulanish nuqtalari oʻrnatildi.

Raqamlashtirish fonida mamlakatda IT sohasida taʼlim olishga qiziqish ortmoqda. Yuqori texnologiyalar bilan bogʻliq mutaxassisliklar boʻyicha 9,5 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala