“Prava” olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif qilindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif qilinmoqda.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” portalida e’lon qilingan.

“Avtomaktablarda o‘qitishdan maqsad nima? Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi”, - deya yozgan muallif.

Muallif fikriga ko‘ra, IIB YHXBda imtihon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan o‘tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, u avtomaktablarni qat’iy yopish tarafdori emasligini urg‘ulab, avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilishni taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0