Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurishdi.
Davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doirada uchrashuvlarni oʻtkazishdi. Unda mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy oʻquv yurtlari tashkil etish boʻyicha aniq loyihalar muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 2017 yil oktyabr yakunida Turkiyaga tashrif buyurgandi, Erdogʻan esa Oʻzbekistonga 2018 yil aprel oyida kelgan.



















