Favqulotda o‘chish: Turkmanistondan elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatildi

Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra bugun, bugun ertalab Turkmaniston energetika tizimiga tegishli "Mari issiqlik stansiyasi"da va "Serdar" podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chdi.

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Turkmanenergo davlat elektr energetika korporatsiyasining eksport amaliyotida vaqtincha nosozlik holati yuzaga keldi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati xabar berdi.

Linii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston-O‘zbekiston podstansiyalarini bog‘lovchi LEPda favqulodda o‘chish yuz berdi

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon "Turkmenenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelayotgan edi.

Xabarga ko‘ra bugun, 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli "Mari issiqlik stansiyasi"da va "Serdar" podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chdi. Natijada Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.

Turkmaniston elektr uzatish tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlik tufayli O‘zbekiston energetika tizimi bo‘yicha avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida 600 MVt quvvatdan foydalanayotgan iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi.

"Ayni paytda turkmanistonlik energetiklar tomonidan havo tarmog‘idagi nosozlik sabablarini aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan zarur ishlarni olib borilmokda. O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minoti tizimida import amaliyoti o‘rnini qoplash uchun barcha zaxira kuchlari safarbar etilgan bo‘lib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmoqda", - deyiladi xabarda.

LEP - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

Turli nosozliklar tufayli elektr ta’minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlar «Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan bartaraf etilib, mavjud yoqilg‘i zaxirasiga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni «Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, «O‘zbekgidroenergiya” AJ stansiyalari ham to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" yuzaga kelgan texnik-muhandislik holati uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, nosozlik bartaraf etilgach, tarmoqdan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish boshlanishini ma’lum qilishini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0