Dunyoda

Polshada Qizil Armiyaga aslida qanday munosabatda - soʻrov natijalari

© Sputnik / B. Fishman / Fotobankka oʻtishUzniki Osventsima pered osvobojdeniyem lagerya Sovetskoy Armiyey
Uzniki Osventsima pered osvobojdeniyem lagerya Sovetskoy Armiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Polyaklarning 73 foizidan ortigʻi 1945 yil 27 yanvarda Osventsim oʻlim lageri Qizil Armiya tomonidan ozod qilinganligini biladilar.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Polyaklarning uchdan ikki qismi (65%) 1945 yilda oʻz vatanlarini fashistlar istilosidan ozod qilishda Qizil Armiya xizmatini tan olishadi va uning qahramonligi uchun minnatdorlar.

Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim, osvobojdennыe voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH Osventsim qurbonlari va xaloskorlariga sariq chaqaga teng soxtani yubordi

Bunday miqdoriy ustunlik, ayniqsa Polsha rahbariyatining Ikkinchi Jahon urushidagi Sovet Ittifoqining rolini ahamiyatsiz baholash istagi fonida, mamlakatdagi haqiqiy kayfiyatni aniq tasvirlaydi.

Polsha aholisi Sputnik.Mneniya loyihasi doirasida tarix haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Taʼkidlash kerakki, respondentlarning 27 foizi tegishli savolga salbiy javob berishdi. 73 foiz polyaklar 1945 yil 27 yanvarda Osventsim oʻlim lageri Qizil Armiya tomonidan ozod qilinganligini biladilar.

Eslatib oʻtamiz, Polsha Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Qizil Armiya tomonidan Osventsimdagi Aushvits-Birkenau fashistlar kontslagerining ozod qilinganining 75 yilligini nishonlashga taklif qilmagan.

Marosimda 200 ga yaqin sobiq mahbuslar, chet el delegatsiyalari ishtirok etdi, ularning 30 ga yaqinini prezidentlar, bosh vazirlar va monarxlar boshqargan.

Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasining Polshadagi elchisi Sergey Andreyev ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0