AQSh mashg‘ulotlarda Rossiyaga yadroviy zarba berishni mashq qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAtomniy vzriv
Atomniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon vakiliga ko‘ra, "ssenariy Yevropada Rossiya bilan bo‘layotgan urush singari shtatdan tashqari holatni qamrab olgan bo‘lib, bunda Rossiya NATO hududidagi obyektga qarshi kam quvvatli yadro qurolini cheklangan miqdorda qo‘llash qarorini qabul qiladi".

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. AQSh Rossiya Yevropa bo‘ylab yadroviy zarba beradigan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar tomonidan bo‘ladigan javob zarbasi bo‘yicha "kichik" o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar berdi Pentagon vakili. RIA Novosti xabari asosida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ssenariy Yevropada Rossiya bilan bo‘layotgan urush singari shtatdan tashqari holatni qamrab olgan va bunda Rossiya NATO hududidagi obyektga qarshi kam quvvatli yadro qurolini cheklangan miqdorda qo‘llash qarorini qabul qiladi".

Bunday holatlarda ishga mudofaa vaziri, so‘ngra prezident aralashadi va oxir-oqibat qanday munosabat bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, deb qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.

Mashg‘ulotlar davomida AQSh reaksiyasi imitatsiya qilingan bo‘lib, unda Vashington "Rossiyaga qarshi yadroviy zarba bilan javob qaytaradi". Ta’kidlanishicha, Pentagon rahbari Mark Esper mashg‘ulotlar davomida Qo‘shma Shtatlar bu singari vaziyatda qanday reaksiya bildirishi mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan.

Mashg‘ulotlarda shuningdek, "yadroviy inqiroz vaqtida muloqot qanday kechishi"ni tushunish uchun AQSh kongressi vakillari ham ishtirok etganlar.

Sal oldin, juma kuni, Pentagon vakili AQSh Yevropada kam quvvatga ega yadroviy raketalarni joylashtirishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi. Amerikaning "Rossiya tomonidan bo‘lgan qoidabuzarlikka javobi" yadroviy bo‘lmasligiga ishontirib, bu yerda gap DRSMD bilan ruxsat berilgan radiusdagi ballistik raketalar haqida gap borayotganini aytgandi.

Fevral oyi boshida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoga yadroviy urush boshlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bayonotni qabul qilish taklifini bildirgan edi. Lavrov Vashington tez orada javob qaytarish va’dasini berganini eslatib, bu javob ijobiy bo‘lishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0