Toshkentda “Ya Begu” ayollar xayriya marafoni o‘tkaziladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishUchastnitsa marafona
Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ya Begu" marafonidan tushgan xayriya mablag‘lari saratonga chalingan, nogiron bolalar operatsiyasi, dori-darmoni va davolanishiga sarflanadi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkentda “Ya Begu” ayollar xayriya marafoni o‘tkaziladi, undan tushgan mablag‘lar saratonga chalingan, nogiron olalar operatsiyasi, dori-davrmoni va davolanishga yo‘naltiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, marafon joriy yilning 14-mart kuni soat 9:00 dan 13:00 ga qadar Yunusobod tumani, Anhor bo‘yi, Minor 1-tor ko‘chalarida va Anhor kanali bo‘ylab o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti, "Ezgu amal" jamoat fondi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

Marafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini ortirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0