COVID-19 xavfi: TIV fuqarolarga murojaat qildi

© REUTERS/Guglielmo MangiapaneLyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotoriy bil zakrit italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii
Lyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotoriy bil zakrit italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan fuqarolarga safardan oldin sog‘liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishlarini maslahat bermoqda.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra so‘nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani kuzatilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va ba’zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

“Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamurtlarimiz safardan oldin sog‘liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o‘rganishlari va safar chog‘ida shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to‘planadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari zarur”, - deyilgan TIV murojaatida.

TIV xorijda, jumladan, koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0