Dunyoda

Dunyoning eng badavlat kishilari bir kunda 139 mlrd dollaridan ayrilishdi

© AFP 2018 / PHILIP FONGPeshexod v maske proxodit mimo elektricheskogo tablo kotirovok, na kotorom 25 fevralya 2020 goda na Tokiyskoy fondovoy birje bыl pokazan indeks Nikkei 225. - Tokiyskiye aktsii upali boleye chem na 3,5% na otkrыtii 25 fevralya 2020
Peshexod v maske proxodit mimo elektricheskogo tablo kotirovok, na kotorom 25 fevralya 2020 goda na Tokiyskoy fondovoy birje bыl pokazan indeks Nikkei 225. - Tokiyskiye aktsii upali boleye chem na 3,5% na otkrыtii 25 fevralya 2020 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari bir kunda bir necha millirad dollarlarini yoʻqotishdi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg 3,48 milliard dollarga “kambagʻallashdi”.

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari 25 fevral, dushanba kuni 139 milliard dollar yoʻqotishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu yoʻqotish 2016 yildan buyon eng yirik sanaladi.

Voditel v zaщitnom kostyume perevozit yevropeyskix passajirov, v osnovnom italyanskix grajdan, kotorыe bыli evakuirovanы s porajennogo koronavirusom kruiznogo laynera Diamond Princess v Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
JSST COVID-2019 pandemiyasi haqida ogohlantirdi

Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va Amazon rahbari Jeff Bezoslarning har biri 4,8 milliard dollardanayrildi. Zara savdo tarmogʻi egasi Amansio Otrega 4 milliard, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg  esa 3,48 milliard dollarga “kambagʻallashdi”.

Dastlabki oʻntalikdagi qolgan milliarderlarning boyligi kamida 2,3 milliard dollardan kamaygan.

AQShda birja savdolari dushanba kuni yangi koronavirusning tarqalishi jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazishi ehtimoli xavotiri bois tushib ketdi.

Investorlar COVID-19 tarqalishi koʻlamidan xavotirlanishmoqda, chunki kasallikning avj olishi va karantin choralari Xitoy va butun jahon iqtisodiyoti uchun xavf tugʻdirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala