Dunyoning eng badavlat kishilari bir kunda 139 mlrd dollaridan ayrilishdi

© AFP 2023 / PHILIP FONGPeshexod v maske proxodit mimo elektricheskogo tablo kotirovok, na kotorom 25-fevralya 2020 goda na Tokiyskoy fondovoy birje bil pokazan indeks Nikkei 225. - Tokiyskie aksii upali bolee chem na 3,5% na otkritii 25-fevralya 2020
Peshexod v maske proxodit mimo elektricheskogo tablo kotirovok, na kotorom 25-fevralya 2020 goda na Tokiyskoy fondovoy birje bil pokazan indeks Nikkei 225. - Tokiyskie aksii upali bolee chem na 3,5% na otkritii 25-fevralya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari bir kunda bir necha millirad dollarlarini yo‘qotishdi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg 3,48 milliard dollarga “kambag‘allashdi”.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari 25-fevral, dushanba kuni 139 milliard dollar yo‘qotishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu yo‘qotish 2016-yildan buyon eng yirik sanaladi.

Voditel v zashitnom kostume perevozit yevropeyskix passajirov, v osnovnom italyanskix grajdan, kotorie bili evakuirovani s porajennogo koronavirusom kruiznogo laynera Diamond Princess v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
JSST COVID-2019 pandemiyasi haqida ogohlantirdi

Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va Amazon rahbari Jeff Bezoslarning har biri 4,8 milliard dollardanayrildi. Zara savdo tarmog‘i egasi Amansio Otrega 4 milliard, Facebook asoschisi Mark Sukerberg  esa 3,48 milliard dollarga “kambag‘allashdi”.

Dastlabki o‘ntalikdagi qolgan milliarderlarning boyligi kamida 2,3 milliard dollardan kamaygan.

AQShda birja savdolari dushanba kuni yangi koronavirusning tarqalishi jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazishi ehtimoli xavotiri bois tushib ketdi.

Investorlar COVID-19 tarqalishi ko‘lamidan xavotirlanishmoqda, chunki kasallikning avj olishi va karantin choralari Xitoy va butun jahon iqtisodiyoti uchun xavf tug‘dirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0