Xitoy virusi AQSh qudratini barbod qilish bilan tahdid qilmoqda. Rossiyagachi?

© REUTERS/Heo RanJenshina v meditsinskoy maske v Seule
Jenshina v meditsinskoy maske v Seule  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda global koronavirus epidemiyasi qurbonlarining umumiy sonini oldindan aytib bo‘lmaydi, ammo uning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari haqida bir nechta asosli taxminlar allaqachon o‘rtaga tashlangan.

Hozirgi kunda global koronavirus epidemiyasi qurbonlarining umumiy sonini oldindan aytib bo‘lmaydi, ammo uning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari haqida bir nechta asosli taxminlar allaqachon belgilangan va epidemiyaning eng muhim uzoq muddatli qurboni aniqlangan - bu hech bo‘lmaganda biz odatlangan ko‘rinishdagi iqtisodiy globallashuv. Agar Vashington-Pekin yo‘nalishidagi savdo urushi va Donald Tramp faol ish olib borayotgan JSTga asoslangan jahon savdo tizimini demontaj qilish sharoitida globallashuv intensiv jonlantirishda bo‘lgan bo‘lsa, endi global epidemiya va keyingi iqtisodiy (va logistik) zanjirlaridagi uzilishlari yuqori ehtimollik bilan jahon iqtisodiyotining hozirgi shaklini, masalan, Vashingtonning yuqori martabali amaldorlari ta’kidlaganidek, oxir-oqibat yakson qiladi.

Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Vashington g‘azabda: uning sanksiyalari Rossiyaga katta pul olib kelmoqda

Amerikaning biznesga oid axborot Bloomberg agentligi, koronavirusning global iqtisodiyot tushunchasini qanday o‘zgartirayotganining eng yorqin namunasini keltiradi:

“Oq uyning savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro koronavirus epidemiyasi AQShning ishlab chiqarish zanjirlari juda ko‘pini eksport qilib yuborganligini haqida bayonot berdi va bu ajablanarli emas. Fox Sunday Morning Futures nashriga bergan intervyusida Navarro milliy iqtisodiyotning barqarorligiga ishonch bildirdi. “AQSh iqtisodiyoti o‘ta kuchli va Xitoyda ro‘y berayotgan vaziyat tufayli unchalik zaif emas emas”.  U o‘z maqsadini bayon etdi -  ishlab chiqarish zanjirlarini Qo‘shma Shtatlarga qaytarish. “(Ushbu sohalarning-tahr.) aksariyati Xitoyda, ba’zilari Hindistonda, ba’zilari Yevropada, lekin biz ularni AQShga qaytarishimiz kerak”, - dedi u.

Hozirgi paytda Oq uy tomonidan olib borilayotgan “AQSh butun dunyoga qarshi" formatidagi savdo urushining mafkurachilaridan biri, yuqori martabali amaldor va Donald Trampning sodiq ittifoqchisi pozitsiyasi bilan qo‘shilmaslikka asos yo‘q. Faqat bitta muhim nozik tarafdan tashqari: janob Navarro Amerika iqtisodiyotining zaifsizligini baholashda haddan tashqari optimistdir, ammo buni uning okean orti ma’muriyati vertikalidagi mavqeyini hisobga olgan holda tushunsa bo‘ladi.

Biroq, xuddi shu Bloomberg agentligi Tramp maslahatchisining nohaq ekanligining dalillarini keltirdi va muhim sanoatlarni qaytarilishining kulgili (agar u odamlarning qurboni bo‘lish xavfiga olib kelmasa) oqibatlarga ishora qildi: AQSh hozirda infeksiyadan himoya qilishda samarali deb hisoblangan N95 tibbiy niqoblarning keskin taqchilligini boshdan kechirmoqda. AQShdagi taqchillik bu niqoblarni ishlab chiqarish asosan Xitoyda joylashganligi (u yerda ancha arzon) va Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida ularning eksportini taqiqlab qo‘yganligi  (chunki xitoylik shifokorlarga ular ko‘p miqdorda kerak) sababli vujudga keldi. Ehtimol, agar ehtiyoj paydo bo‘lsa, Amerika iqtisodiyoti muqobil ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish masalasini yechishga qodir bo‘ladi, ammo bu joylashtirish tezligini oldindan aytish qiyin.

Amerikaning Axios nashri, epidemiyani oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar tufayli Xitoy iqtisodiyotini vaqtincha muzlatishning yanada jiddiy oqibatlariga ishora qilmoqda:

Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Luzanin: AQSh koronavirus epidemiyasidan Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanmoqda

“Xitoyda koronavirusning tarqalishi kuchaygan taqdirda, 150 ga yaqin retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar, shu jumladan, antibiotiklar, djeneriklar va ba’zi brendli dorilar tanqis bo‘lish xavfi ostida qoladi. AQSh Oziq-ovqat va dorilar sifatini sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan tuzilgan o‘ta xavfli (zonada joylashgan - tahr.) dori vositalari ro‘yxati bilan tanish bo‘lgan ikki manba shuni ta’kidlamoqda".

Rasmiy darajada bu ma’lumotni jurnalistlarga tasdiqlashdan bosh tortildi, ammo bilvosita ular vaziyatni kuzatayotganliklarini va bozor ishtirokchilari bilan faol aloqada bo‘lganliklarini tan olishdi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, “Xitoy AQShda sotiladigan dori vositalarining xom-ashyosining asosiy yetkazib beruvchisidir. Agar virus Xitoyning ishlab chiqarish quvvatini pasaytirsa, unda ushbu hom-ashyodan tayyorlangan dorilarga ishonadigan amerikaliklar falokatga duch kelishi mumkin”.

Iqtisodiyotning turli sohalarida - smartfonlar ishlab chiqarishdan boshlab, to moda sanoatiga qadar, ma’lum muammolar vujudga kelishi ravshandir. Bloomberg xabar bergan qurbonlar orasida nafaqat Amerika kompaniyalari, balki Yevropaning texnologik kompaniyalari, shuningdek, kamida bitta nemis avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchisi va hattoki Indoneziyaning G‘arbiy brendlar uchun poyabzal ishlab chiqaruvchisi ham bor. Buyuk Britaniyaning avtomobil ishlab chiqarishi ham Xitoy butlovchi qismlarining etishmasligidan aziyat chekishi mumkin.

Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

Paradoksal ravishda, Xitoyda koronavirus epidemiyasi AQSh mudofaa qobiliyatiga ham katta zarba berishi mumkin. 2018-yilda Pentagonning shov-shuvli hisoboti haqida Reyters agentligi yozganlarini eslash o‘rinlidir, unda Amerika harbiy departamenti auditorlari o‘ta xunuk vaziyatni tan olishgan: "AQSh Qurolli Kuchlari va mudofaa sanoatining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan 300 dan ortiq (!) asosiy elementlar tahdid ostida: Amerikalik ishlab chiqaruvchilar yoki bankrot bo‘lish arafasida yoki Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetkazib beruvchilariga milliy iqtisodiyotning sanoatsizlanishi va ishlab chiqarishni Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirilishi sababli almashtirildi".

Aslida, vaziyat Pentagon hisobotidagiga qaraganda undan ham battarroqdir: tahlil nafaqat yetkazib berish nuqtayi nazaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni, balki ikkinchi darajali bog‘liqlikni ham hisobga olganligi dargumon, misol uchun, AQSh buyurtmasiga binoan zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi AQShda joylashganga o‘xshab ko‘rinadigan bo‘lsa-da, Xitoy komponentlari yoki xom ashyosidan foydalanadi - masalan, nodir yer metallari.

Hozirda globallashgan iqtisodiyotning zaifligi haqidagi barcha munozaralar Xitoyda bo‘lib qaratilganligiga qaramay, shunga o‘xshash vaziyat sayyoradagi har qanday yirik iqtisodiyotning vaqtincha ishlamay qolishi (yoki to‘liq embargoning joriy etilishi) bilan vujudga kelishi mumkin edi - barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bunday holatda farq nafaqat zaifliklarning aniq to‘plamida, balki, xatarlarni boshqarishda yondashuvlar qanchalikligida. Rossiya uzoq vaqtdan beri iqtisodiyot va aholining asosiy ehtiyojlarini Rossiya allaqachon iqtisodiyotning va aholining bazaviy extiyojlarini ichki manbalar hisobiga qoplashga yo‘naltirilgan davlat dasturini olib bormoqda: va shundan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar (shuningdek, oziq-ovqat bo‘yicha antisanksiyalar) kelib chiqmoqda. Xuddi shu mantiqqa asoslanib, ichki  farmakologiya sanoatini va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan harakatlar rag‘batlantirilmoqda, shu shumladan energetik supermamlakat maqomini saqlab qolishsh va mustahkamlash bo‘yicha harakatlarni gapirmasak ham bo‘laveradi.

Gazoviy super tanker - Sputnik O‘zbekiston
Bunaqasi bo‘lmagan: koronavirus tufayli suyultirilgan gaz narxi keskin tushib ketdi

Cheksiz erkin bozor va cheksiz erkin savdo nazariyasining muxlislari yuqoridagi xatti-harakatlarga nisbatan istehzo bilan munosabat bildirishni yaxshi ko‘radilar, bunda Rossiya tovarlari yoki xizmatlari, ayniqsa ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yoki iqtisodiyotning ma’lum bir sohasini rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida o‘zlarining xorijiy muqobillariga qaraganda qimmatroq va kamroq jozibador ekanligini ro‘kach qiladilar.

Global iqtisodiy silkinishlar, kutilmagan falokatlar va epidemiyalar, shuningdek, iqtisodiy urushlar yoki harbiy mojarolar oqibatlari "bankdagi hisobdagi pul orqa hovlidagi zavodni o‘rnini bosadi" degan tamoyilning jiddiy cheklovlari mavjudligini esga soladi. Hozir bizning okean ortidagi sheriklarimiz ular o‘z ishlab chiqarishini AQShga qaytarish kerakligini tushunishadi, ammo bu, eng yaxshi sharoitda ham, ko‘p yillar davom etadi. Koronavirus epidemiyasi uning iqtisodiy zararining yakuniy  hajmidan qat’iy nazar, iqtisodiy suverenlashish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi yoki hech bo‘lmaganda global fors-major holatlarida iqtisodiy barqarorlikni oshirish choralarini ko‘rishga majburlaydi.

Yaxshiyamki, Rossiya ko‘plab raqobatchilarimizga qaraganda bu yo‘ldan ancha ilgarilab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0