Dunyoda

Koronavirus tufayli afgʻon-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Fotobankka oʻtishNa tadjiksko-afganskoy granitse
Na tadjiksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tojik-afgʻon chegarasida joylashgan barcha oʻtish joylarida nazoratni kuchaytirdi.

TOSHKENT, 25 fev – Sputnik. Tojikiston Afgʻonistonda qayd etilgan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tojik-afgʻon chegarasida joylashgan barcha oʻtish joylarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Tojikiston sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri oʻrinbosari Mirhamuddin Kamolzoda. RIA Novosti xabariga asosan.

Iranskiye jenщinы nosyat zaщitnыe maski, chtobы predotvratit zarajeniye koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

“Afgʻoniston bilan chegaradosh barcha nazorat-oʻtkazish punktlarida nazoratni kuchaytirishga qaror qildik, chunki u yerda koronavirus infektsiyasi qayd etilgan”, - dedi u.

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, mamlakat SSV xodimlari hozirda tojik-afgʻon chegarasida vaziyatni nazorat qilishmoqda.

“Biz chegara oʻtish joylarida va xalqaro aeroportlarda COVID-19 koronavirusining Tojikistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida Afgʻonistonning tegishli organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz”, - dedi Kamolzoda.

U hozircha tojik-afgʻon chegarasini toʻliq yopilishi haqida gap yoʻqligini aytdi.

Dushanba kuni Afgʻonistonda koronavirus kasallanish holati qayd etildi. U yerda favqulodda holat eʼlon qilindi, deb maʼlum qildi Afgʻoniston sogʻliqni saqlash vaziri Firozuddin Firuz.

Uning soʻzlariga koʻra, kasallangan shaxs Eronning Kum shahriga ziyorat uchun borgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala