Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga sud hukmi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGeneralniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov
Generalniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston Harbiy sudida sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi I. Abdullayev va uning o‘rinbosari J. Igamovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Bugun, 2020-yil 25-fevral, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi I. Abdullayev va uning o‘rinbosari J. Igamovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Otabek Murodov zaklyuchen pod straju - Sputnik O‘zbekiston
Otabek Murodov qamoqqa olindi

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, yetmishdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi O. Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchi O. Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olindi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, O.Murodovga 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudning hukmiga ko‘ra, I.Abdullayevga 19-yil, J.Igamovga 19-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 21-iyun kuni Senatning 20-yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgan edi.

Murodov bosh prokuror lavozimiga 2018-yilning yanvar oyida tayinlangan. U bunga qadar davlat rahbari davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0