Analitika

Koronavirus qoʻrquvi yevropaliklarning hayotini oʻzgartirmoqda

© REUTERS TVLyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotorыy bыl zakrыt italyanskim pravitelstvom iz-za vspыshki koronavirusa na severe Italii
Lyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotorыy bыl zakrыt italyanskim pravitelstvom iz-za vspыshki koronavirusa na severe Italii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Italiyaning shimolida "Covid-19" avj olishi Yevropadagi eng yirik xitoyliklar diasporasi joylashgan Frantsiyada xavotirning yangi toʻlqinini qoʻzgʻatdi.

Daniil Nizamutdinov. Italiyaning shimolida "Covid-19" avj olishi Yevropadagi eng yirik xitoyliklar diasporasi joylashgan Frantsiyada xavotirning yangi toʻlqinini qoʻzgʻatdi. Hukumat epidemiyaga tayyorlanmoqda, muxolifat rasmiylarning qobiliyatsizligidan baqirmoqda va chegaralarda nazoratni qayta tiklashni talab qilmoqda, biznes yoʻqotishlarni hisoblamoqda, tomoshabinlar esa Xitoy doʻkonlaridan qochib, tibbiy niqoblarni sotib olishmoqda. Vandalizm harakatlari endi anti-Osiyo isteriyasining namoyon boʻlishining eng xavfligi emas.

Mixail Щelkanov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi? Ekspert javobi

Jamoaviy qoʻrquv

Frantsiyadagi xitoy diasporasi soni, baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 700 ming kishidan oshadi. Gap asosan uzoq vaqt oldin koʻchib kelganlar, bu yerda tugʻilgan farzandlari va nevaralari haqida. Parijda bir nechta "chayna-taun" bor. Eng eskisi shahar markazidagi Arz-e-Metye va Tampl dahalarida (3-chi okrug), eng kattalari 13-okrugda (janubda) va Belvilda (sharqda, 20-okrug) joylashgan.

Bu hududlarda nafaqat xitoyliklar, balki Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar ham istiqomat qilishadi. Shuning uchun, agar siz toʻsatdan Frantsuz oshxonasidan charchagan boʻlsangiz – siz dimsam, qovurilgan lagʻmon, shirin va nordon sousdagi choʻchqa goʻshti, Vyetnam fo-bosi yoki Tailand tom-yamini xohlasangiz – aynan shu yerga borin. Hammasi yaxshi boʻlar edi, ammo koronavirus epidemiyasi tufayli psixoz va isteriya Frantsiyaga ham yetib bordi va Osiyo biznesiga ogʻir zarba berib, nafaqat talabning pasayishini, balki irqchilikni ham keltirib chiqardi.

"Biz juda koʻp mijozlarimizni yoʻqotdik. Ehtimol, yarmini yoki undan ham koʻproq. Odatda tushlikda odam sigʻmay ketadi, odamlar tanaffus paytida kirishar edi, garchi biz juda tez xizmat koʻrsatsak ham. Endi koʻryapsizmi - boʻsh joylar. Kechqurun esa bundan ham battar",-  deydi Arz-e-Metye dahasidagi Xitoy taomlari oshhonasi xodimi. Yaqin atrofdagi ommabop "foshnitsa" (Vyetnam lapshasi oshxonasi-tahr.) biznesi ham avvalgidek shiddatli emas. "Bizda hamisha frantsuzlar, xitoylar va koreyslar boʻlgan, nafaqat mahalliy aholi - turistlar ham juda koʻp. Endi odamlar huddi kamayib ketganday, ular doʻkonni chetlab oʻtishmoqda. Garchi biz bu yerda koʻp yillardan beri yashab, ishlayotgan boʻlsak ham, biz hech qayerga bormaymiz", - deydi muassasa egalaridan biri.

Na tadjiksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus tufayli afgʻon-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

Psixozning yana bir alomati bu tibbiy niqoblarning yetishmasligi. Qoʻshni  dorixonaga kirganimizda, ularning sotilmayotganligini bildik - ular hammasi sotib olinib boʻlgan. Farmatsevtning soʻzlariga koʻra, tanqislik anchadan beri sezilyapti. "Biz yangilariga buyurtma beryapmiz, olib kelyapmiz, ularni shu zahoti sotib olishyapti", - deydi sotuvchi va ularni asosan osiyoliklar sotib olishayotganini qoʻshib ketmoqda. Yanayam ajablanisi, xitoyliklarga taalluqli barcha narsaga nisbatan bemaʼni qoʻrquv barcha sinofobiya avjlariga olib kelmoqda. Jamoat transportida baʼzida osiyoliklardan qasddan uzoqlashgan yoki yuzini sharf bilan yopgan odamni koʻrish mumkin. Bezoriliklar ham sodir boʻlib turadi. Masalan, Parij yaqinidagi shaharchalardan birida, nomaʼlum vandallar xitoyliklarga tegishli doʻkonning eshiklarini "Koronavirus, daf boʻl!" degan yozuvlar bilan yozib tashladilar.

Aksil-Osiyo qarshi isteriyaga qarshi kampaniyani boshlagan SOS Racisme uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlar va maktablarda masxara, haqorat va hatto tahdidlardan shikoyat qilishmoqda.

Biznes yoʻqotishlari

Parijning 20-okrugi meriyasining maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oylarda Belvildagi xitoy restoranlari va doʻkonlarining daromadi oʻrtacha 30-50 foizga kamaydi, holbuki odatda Xitoy Yangi yilida ular normadan ikki-uch baravar koʻp pul topishga muvaffaq boʻlishadi.

Frantsiya tomonida ham hammasi yaxshi kechmayapti. Frantsiya Iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning soʻzlariga koʻra, chet ellik sayyohlar soni boʻyicha yetakchi boʻlgan mamlakat, turistik oqimning 30-40 foizini yoʻqotgan (ehtimol bu nafaqat virus tufayli, balki ish tashlashlar tufayli ham). Xitoydan tashrif buyuruvchilarning ulushi bor-yoʻgʻi 2,4% ni tashkil etadi (2018 yil uchun rasmiy maʼlumotlar), ammo ular hashamatli brendlarni sotib olish uchun koʻp pul (turizm sohasi daromadlarining qariyb yetti foizi) sarflashadi.

Sergey Luzyanin rasskazal, chto ojidat ot sammita SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Luzyanin: AQSH koronavirus epidemiyasidan Xitoyga bosim oʻtkazish uchun foydalanmoqda

Boshqa sohalar ham jabr koʻrmoqda: avtomobilsozlik, elektronika, XHR bilan savdo qiladigan kompaniyalar va ishlab chiqarish tsikllari Xitoy taʼminotiga bogʻliq boʻlgan kompaniyalar. Masalan, jahon miqyosidagi premium brendlarni (Gucci, Yves Saint Laurent, Balenciaga, Boucheron) oʻz ichiga olgan Kering guruhi, bayram paytida Xitoyda koʻplab doʻkonlar yopilganligi sababli, savdo-sotiqda jiddiy pasayishni boshdan kechirdi. Uz navbatida, Yevropaning Air France-KLM xolding aviakompaniyasi Xitoyga reyslarning bekor qilinishi sababli uning yoʻqotishlari 200 million yevroni tashkil qilishi mumkinligini aytdi.

Umuman olganda, Frantsiyada koronavirus tufayli iqtisodiy oʻsish prognozi bir foizga pasayishi kutilmoqda (va bu soʻnggi olti yil ichida eng yomon koʻrsatkich).

Tahdidga qarshi turish

Seshanba kuni Frantsiyada koronavirusga chalinishning yana  ikkita yangi holati aniqlandi. Gap Xitoydan Parijga qaytgan yosh ayol (u "Covid-19"ga sinovning salbiy natijasiga ega, ammo shifokorlar "davolanish belgilari"ni topishdi) va shimoliy Italiyada yuqtirgan mamlakat gʻarbilik boʻlgan erkak haqida. Yana bir necha kishi virusga shubha bilan shifoxonalarda. Monakoda kasalxonaga ikkita ayol yotqizilgan, bittadan - Tur, Orlean va Ayachchoda. Ular orasida, shuningdek, yaqinda Italiyadan qaytganlar ham bor. Avvalroq, Frantsiyada 12 ta infektsiyaga chalinganlar holati tasdiqlangan; bir kishi halok boʻldi, qolganlarni davolashga muvaffaq boʻlishdi.

Frantsiya shaharlaridagi vokzal va aeroportlarda ehtiyot choralari toʻgʻrisida ogohlantirishlar yangramoqda, virusning alomatlari (isitma va yoʻtal) aniqlansa, darhol 15 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, shifokorlarni darhol xabardor qilish tavsiya etiladi. OAV xabarlariga koʻra, masalan, seshanba kunidan boshlab Parij - Milan tezyurar TGV poyezdlarining konduktorlari mamlakatni tark etmayaptilar.

Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koʻrshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

"Biz xavotirdamiz, chunki epidemiya eshigimiz ostonasida, chunki Italiyaning shimolida maʼlum miqdorda kasallanishlar (yuqumli kasal bilan - tahr.) qayd etildi", - dedi seshanba kuni sogʻliqni saqlash vaziri Olivye Veran. Uning soʻzlariga koʻra, hukumat sogʻliqni saqlash tizimini epidemiyaga tayyorlamoqda va mexanizmlarni turli stsenariylarga moslashtirish boʻyicha turli strategiyalar ustida ishlamoqda. Xususan, gap virus bilan kasallangan odamlarni qabul qila oladigan kasalxonalar sonini koʻpaytirish, qoʻshimcha xodimlarni tayyorlash va tibbiy vositalarni, jumladan, shifokorlar va yuqtirganlar uchun niqoblar va diagnostika sinovlarini sotib olish toʻgʻrisida ketmoqda (sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Anyes Byuzenning soʻzlariga koʻra, ular oʻnlab millionlab sotib olingan).

Italiyada virus tarqalgandan soʻng, rasmiylar oldidagi savol uning Frantsiyaga yetib borishida emas, balki bu qachon sodir boʻlishida.

"Ovqatlanishdan oldin qoʻlni yuvish? Pff!"

Hafta boshida Frantsiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Italiyaning shimolidan, Singapurdan, Janubiy Koreyadan qaytayotganlarga yangi tavsiyalarni tarqatdi. Xususan, katta yoshlilarga uylaridan kamroq chiqishni, jamoat tadbirlarida qatnashmaslik, kinoteatr va restoranlarga bormaslik, iloji boʻlsa uyda ishlashga kelishib olish va kuniga ikki marta haroratni oʻlchash tavsiya etiladi.

Bolalarni maktablarga va bolalar bogʻchalariga yubormaslik yaxshiroq (aksariyati hozir taʼtilda). Va buning sababi aniq. "Bolani doʻstlari bilan aloqa qilmaslik, niqob kiyish va qoʻllarini muntazam yuvishga majburlash juda qiyin", deydi Frantsiya Sogʻliqni saqlash vazirligining ikkinchi mutasaddisi Jerom Salomon.

Lyudi v spetsodejde na bortu kruiznogo laynera Diamond Princes, pomeщennogo v karantin u yaponskogo porta Yokogama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston fuqarosi Yaponiyadagi kemada koronavirus yuqtirib oldi – OAV

Aslida, uning nasihati kattalarga ham tegishli. Frantsuzlar gigiyenaga, ayniqsa ovqatlanish sohasiga munosabati boshqacha. Koʻchadan kelib ovqatlanishdan oldin qoʻllarini yuvadigan odamni uchratishingiz qiyin. Koʻpchilik, xom goʻshtdan, tartardan jirkanmaydi, ustritsalarni yoqtiradi. Va sizning restoran stolizdagi savatda turgan bagetni nonvoy ochiq qoʻllari bilan ushlagan boʻlishi, yetkazib beruvchi qoʻltigʻida tashigan va naqd pul qaytimlarini ushlagan ofitsiant kesgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, non boshqa stollarda ham yeb tugatilmaganili sababli yotgan boʻlishi mumkin: qolganlari savatga solinib - sizning buyurtmangiz sifatida keltirilgan boʻlishi ham mumkin. Darvoqe, sizga uzatilgan stakanlar ham, ehtimol, faqat shoshilib palapartish yuvilgan.

Har yili gastroyenterit epidemiyasi toʻlqini butun mamlakat boʻylab tarqaladi, ammo frantsuzlarning aksariyati bundan qoniqishadi, koʻrinishidan: qusish, diareya, qirqqa yaqin harorat – odatiy hol boʻlib qolganday!

Koronavirus saylovoldi kampaniya vositasi sifatida

Shu bilan birga, muxolifat hukumatni sust va yetarli choralar koʻrmaganligi uchun keskin tanqid qilmoqda. "Milliy birlashish" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen rasmiylarning "toʻliq qobiliyatsizligi" haqida gapirdi va Italiya bilan chegaralarda nazorat oʻrnatishga chaqirdi.

"Bu shunchaki sogʻlom aql bilan belgilanadigan choralar ichida birinchisidir. Nahotki, chegaralarda nazoratni joriy qilganlarning hammasi nohaq va faqat Frantsiya haq? Aksincha. Kasallik aniqlangan mamlakatga qarshi tajovuzga hojat yoʻq, lekin virus tarqalishini cheklash kerak –va bu butun dunyo manfaatlari uchun, shu jumladan epidemiya pandemiyaga aylanmasligi uchun", - deya tushuntirdi Le Pen, Parijdagi qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida.

Baxtiyer Shukurzoda, aspirant Xubeyskogo universiteta  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

Frantsiyaning Lion shahri atrofidagi shaharlar maʼmurlari Turinning "Yuventus" muxlislarini (Italiya shimolidan) Frantsiyaga UYEFA Chempionlar Ligasi oʻyiniga qoʻymaslikka chaqirishdi.

Frantsiya va Italiya oʻrtasidagi chegara faqat xaritada mavjud: rasmiy ravishda - ha, qayerdadir jandarmlar va chegarachilar bor, ammo aksariyat hollarda nazorat yoʻq, chegarani hech qanday muammosiz kesib oʻtish mumkin. Bundan tashqari, Italiyaning shimoliy chegaradosh hududlarining koʻplab aholisi har kuni Frantsiyaga (aniqrogʻi Monakoga) ishlash uchun kelishadi. Frantsiya Vazirlar Mahkamasi vakillari bir necha bor taʼkidlaganlarki, Italiya chegarasida nazoratni kiritish maʼnosiz (xususan, chunki kasallik belgilari darhol paydo boʻlmaydi).

Koronavirusga qarshi kurash, shuningdek, Parij meri lavozimiga nomzodlar - amaldagi mer, sotsialist Ann Idalgo va Emmanuel Makronning "Olgʻa, Respublika" partiyasining vakili, fevral oyining oʻrtalariga qadar Sogʻliqni saqlash vaziri boʻlib ishlagan Anyes Byuzen oʻrtasida roʻy bergan ogʻzaki janjalga sabab boʻldi. Europe-1 radiostantsiyasining efirida Byuzen Parij shahar xizmatlari ehtimoliy epidemiyaga tayyor emasligi haqida fikr bildirdi. U, shuningdek, vazirlik kreslosini egallab turgan paytda, Idalgo bilan koronavirus tarqalishining oldini olish borasida xech qanday muloqot boʻlmaganini taʼkidladi. Oʻz navbatida, poytaxt meriyasida Byuzen Idalgo bilan boʻlib oʻtgan yozishmalarni chop etishib uni yolgʻonchilikda ayblashdi, xususan, unda vazir merga yuqori darajadagi safarbarlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Idalgoning soʻzlariga koʻra, u qiyin davrda sobiq vazirning "shu qadar masʼuliyatsiz" bayonotlaridan hayratda.

Yangiliklar lentasi
0