Siyosat

Mirziyoyev Erdogʻanni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 20 fevralya v Ankare prinyal uchastiye v tseremonii otkrыtiya Narodnoy biblioteki pri Prezidente Turetskoy Respubliki
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 20 fevralya v Ankare prinyal uchastiye v tseremonii otkrыtiya Narodnoy biblioteki pri Prezidente Turetskoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, doʻst Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Bugun, 26 fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.  

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi – eng qiziqarli suratlar

Suhbat avvalida davlat rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, doʻst Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

"Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy oʻrni alohida qayd etildi. Davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi yuksak baholandi.

Prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chogʻida keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0