Jamiyat

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi

© Foto iz lichnogo arxiva GUVD goroda TashkentaTorjestvennoye meropriyatiye posvyaщennoy vozvraщeniyu domoy. Tashkentskiy voyennыy okrug, gorod Chirchik
Torjestvennoye meropriyatiye posvyaщennoy vozvraщeniyu domoy. Tashkentskiy voyennыy okrug, gorod Chirchik - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Voyennoslujaщiye komandы armii Uzbekistana vo vremya podgotovki k mejdunarodnыm sorevnovaniyam Tankovыy biatlon-2019 na podmoskovnom poligone Alabino.  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Harbiy xizmat, attestatsiya va imtiyoz: oʻzbek armiyasidagi asosiy oʻzgarishlar

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2020 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.

Yangiliklar lentasi
0