Hodisalar

Poytaxt va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik tashkilotining 21 nafar aʼzosi ushlandi

© MVDV Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya "Djixadistы"
V Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya Djixadistы - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida noqonuniy diniy yigʻilishlar oʻtkazishgan. Unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyalarini targʻib qilib, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaganlar.

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. 26 fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlar tarafdorlari va aʼzolari aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotning 20 dan ortiq aʼzosi qoʻlga olindi

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida noqonuniy diniy yigʻilishlar oʻtkazishgan. Unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyalarini targʻib qilib, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaganlar.

Xabarda yozilishicha, ular ushbu tashkilotlar safiga borib qoʻshilishni rejalashtirib kelganlar.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 244.2-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzillarda tintuv tadbirlari oʻtkazilib, 21 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador boʻlgan ashyoviy dalillar topilgan. Dalillar qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning 19 fevral kuni Toshkentda “Tavhid va jihod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador boʻlgan 21 kishi qoʻlga olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala