Sport

Oʻzbekiston sportchilari maxsus ilova orqali vazir bilan onlayn aloqada boʻladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi. Bugun mobil ilovaning taqdimot marosimi oʻtkazildi.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi.

Olimpiada 2016. Fextovaniye. Jenщinы. Sablya. Komandnoye pervenstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri

“Ushbu mobil ilovani yaratishdan koʻzlangan maqsad – sportchi, trener va vazir oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat”, - deyilgan xabarda.

Tokio 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda Tokio-2020 olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritgan hamda olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritish imkoniyati yuqori boʻlgan sportchilar va ularning trenerlari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonovga oʻzlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

“Yana bir jihatga eʼtibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yoʻllangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda oʻsha sportchining oʻzi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, yaʼni faqat uch kishigina koʻrishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federatsiyasining rahbari oʻzga shaxsning shikoyatini koʻrolmaydi. Mobil ilovada axborotning toʻla maxfiyligi taʼminlangan boʻlib, bu korrutsion holatlarning oldini olishda ham muhim oʻrin tutadi”, - deyilgan xabarda.

Mejdunarodnыy turnir po kurashu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonda 5 mart “Sport kuni” deb eʼlon qilinishi mumkin

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur mobil ilovaning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda MOQ mutasaddilari, sport federatsiyalarining rahbarlari va terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

Marosimda mazkur mobil ilovaning bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligi alohida taʼkidlanib, bu bilan sportchilarimiz istalgan vaqt va sharoitda toʻgʻridan-toʻgʻri Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidentiga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0