TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. JSST direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Xitoyda yangi COVID-19 bilan kasallanish soni tobora kamayib borayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“JSST mutaxassislar guruhi epidemiya oʻz choʻqqisiga chiqqani va 23 yanvardan 2 fevral davri mobaynida pasayish holatiga oʻtganini aniqlashdi. Shu vaqtdan boshlab (yangi holatlar soni – tahr.) tobora kamaymoqda. Ular virus DNKsi sezilarli oʻzgarishlarga uchramaganini aniqlashdi. Shuningdek, guruh Xitoy tomonidan koʻrilgan choralar koʻplab yuqtirishning oldini olgan deb hisoblaydi. Lekin barcha mamlakatlarga umid, dadillik va ishonch berishi kerak boʻlgan asosiy narsa bu virusni toʻxtatib qolish mumkinligidan iboratdir”, - dedi u 19-26 fevral kunlari Xitoyga tashrif buyurgan JSST missiyasi bilan uchrashuvda.
Xitoy hukumati 2019 yil oxirida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar bergan. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi - bu yangi koronavirus. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom berdi - COVID-2019.
Soʻnggi maʼlumotga koʻra, COVID-2019 yuqtirganlar soni 81270, oʻlim holatlari 2771, tuzalganlar soni esa 30283 kishini tashkil qilmoqda.