TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. 13 fevral kuni Rio-de-Janeyroda dunyoga kelgan Izabella Pereyra de Xesus hayotining birinchi daqiqalarida olingan surati internetda tez ommalashmoqda va yangi mem unvoniga davogarlik qilmoqda.
Professional fotosuratchi Rodrigo Kunstmann Izabella tugʻilganidan bir necha soniya oʻtgach uni suratga oldi.
Fotosuratchi tasvirni Facebook’ga joylashtirdi va u tez fursatda “virus” maqomiga ega boʻldi. Bunday erta mashhurlikning sababi qizchaning yuz ifodasi edi.
“Bugun tugʻilgan kunim, bunga hatto kiyimim ham yoʻq”, - deb yozgan suratga muallif.
Fotosurat darhol internetda memga aylandi: foydalanuvchilar koʻpgina ijtimoiy muammolar bilan chaqaloqning noroziligini solishtirishmoqda.
Baby’s first thoughts: You people just woke me up from a long nap. And what do you mean I’ve got to pay taxes? And the hospital bill too? https://t.co/n5cCKJVH1U via @nypost
— Susannah Bryan (@Susannah_Bryan) February 25, 2020
“Bolaning birinchi fikrlari: odamlar, meni uzoq uyqudan soʻng uygʻotdingiz. Endi soliq toʻlashim kerakligini aytmoqchimisiz? Kasallik taʼtilini ham toʻlashim kerakmi?”, - degan izoh qoldirgan foydalanuvchi @Susannah_Bryan.