Iqtisod

Qozogʻiston va Oʻzbekiston 500 million dollarlik shartnomalar imzoladi

© Sayt premyer-ministra Kazaxstana II Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Uzbekistana i Kazaxstana
II Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abdulla Aripov hamda Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin Urganchda uchrashib oʻzaro savdo hajmini 10 million dollarga yetkazishga kelishib olishdi.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Urganch shahrida boʻlib oʻtgan II hududlararo forumda Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan 52ta shartnomalar imzolashdi, deb xabar qilmoqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati.

© Sayt premyer ministra QazaxstanaII Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Uzbekistana i Kazaxstana
Qozogʻiston va Oʻzbekiston 500 million dollarlik shartnomalar imzoladi - Sputnik Oʻzbekiston
II Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Uzbekistana i Kazaxstana

Forumda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin uchrashib kelgusida ham savdo-iqtisodiy, investitsion, qishloq xoʻjaligi, tranzit-transport, suv-energetika, toʻqimachilik, mashinasozlik, turizm va ekologiya sohalarida ikki taraflama hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalar boʻyicha aloqalar oʻrnatishga kelishib olshidi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – oʻzaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish, yaqin kelajakda esa 10 milliard dollarga, - dedi Abdulla Aripov.   

Bosh vazir aytishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 872ta korxona Qozogʻiston sarmoyasi ishtirokida barpo etilgan, ulardan 300tasi faqat oʻtgan yil davomida.

Qozogʻiston bosh vaziri ikki davlat korxonalari ishtirokida yengil sanoat klasterini tashkil qilishni, birgalikda turizm yoʻnalishlarini rivojlantirishni taklif etdi. 

“Qozogʻiston uchun sizning mamlakatingiz bu – Janubiy Osiyoga chiqish yoʻli boʻlsa, Oʻzbekiston uchun bizning hudud – YEOII, Kavkaz, Yevropa hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlariga chiqish imkoniyatidir”, - dedi Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin.

Shuningdek Mamin “Shimol – Janub” va Transkaspiy transport koridorlarini rivojlantirish kerakligini taʼkidladi.

Forum yakunida ikki davlat vakillari iqtisiodiy hamkorlikni oʻz ichiga olgan umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan 52ta shartnoma imzolashdi. Forumda shuningdek B2B formatidagi uchrashuvlar hamda korxonalarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish imkoni berildi.

Yangiliklar lentasi
0