Xorijlik kino arboblari Toshkent kinofestivalini qayta tiklashda yordam berishga tayyorlar

© Fond "Kulturnoe nasledie Uzbekistana" Na kinofestivale v Berline obsujdeni voprosi vozrojdeniya legendarnogo mejdunarodnogo Tashkentskogo kinofestivalya
Na kinofestivale v Berline obsujdeni voprosi vozrojdeniya legendarnogo mejdunarodnogo Tashkentskogo kinofestivalya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berlin kinofestivalida afsonaviy, xalqaro Toshkent kinofestivalini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Berlin kinofestivalida afsonaviy, xalqaro Toshkent kinofestivalini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qildi.

Rukovoditel proyekta Kulturnoe nasledie Uzbekistana v sobraniyax mira, predsedatel natsionalnoy assotsiatsii elektronnix SMI Uzbekistana Firdavs Abluxalikov - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkino” Markaziy Osiyoda eng yirik kino suratga olish bazasini yaratishga kirishdi

Xabarda yozilishicha, festivalda ishtirok etayotgan agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida delegatsiya xorijning yetakchi kino arboblari bilan uchrashuvda Toshkent kinofestivalini qayta tiklash masalasini ham muhokama qilishdi.

“Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kinematografiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish O‘zbekiston kinosanoatining muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Biz Berlin xalqaro kinofestivalida dunyoning mashhur kinoarboblari bilan Prezidentimiz tashabbusi asosida afsonaviy xalqaro Toshkent kinofestivalini o‘tkazishni yana yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. Bu muhim vazifani xorijlik hamkorlar ishtirokisiz amalga oshirishning iloji yo‘q. Bu yerda faqat Toshkent kinofestivalini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish emas, balki uni dunyo miqyosidagi eng nufuzli kinofestivalga aylantirish haqida gap ketmoqda" – deb ta’kidladi "O‘zbekkino" Milliy agentligi rahbari.

FIAPF direktori Benoit Ginistu (Benoit Ginisty) dunyo ahli uchun sevimli bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivalini oradan shuncha yillar o‘tganiga qaramay, qayta tiklash haqidagi tashabbusni haqiqiy jasorat desa bo‘lishini qayd etdi.

“Bu bir paytlar buzib tashlangan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini qayta tiklash, deganidir. Mazkur ko‘prik vaqt zanjirini va butun boshli avlodlarni birlashtiradi, jipslashtiradi. Bunday ezgu maqsadni amalga oshirishda qo‘limdan kelgan barcha yordamni ayamayman”,  -  dedi u

“Hozir O‘zbekistonda davlatni va jamiyatni o‘zgartiruvchi keng miqyosli ijobiy jarayonlar ketmoqda. Toshkent kinofestivalining qayta tiklanishi O‘zbekistonning dunyoga o‘z eshiklarini ochish sari qo‘ygan muhim qadamlaridan biri, deb o‘ylayman”, - deb fikr bildirdi mashhur kinotanqidchi, kinoekspert Sergey Lavrentyev.

Mazkur masala yuzasidan Berlinalening rasmiy vakili Barbara Vurm,  MKF GoEast direktori  Xeleyen Gerritsen, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa kinematografiyachilarining UNIFRANCE departamenti rahbari, kinotanqidchi Joel Shapron (Joel Shapron), kinoshunos, Germaniyadagi Chingiz Aytmatov jamg‘armasi filiali asoschisi Svetlana Slapke va boshqa kinoekspertlar ham so‘zga chiqib, bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

Toshkent kinofestivali O‘zbekiston poytaxtida 1968-yildan boshlab o‘tkazib kelingan. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinematografiyasining dunyoga mashhur, eng katta anjumani bo‘lgan. Toshkent kinofestivali dunyo miqyosida katta mavqega ega bo‘lib, unda ishtirok etgan dunyo kinochilari kinosanoatni rivojlantirish masalalarini muhokama etishgan.  Yosh kinematografiyachilar uchun esa tajriba almashish, o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklar lentasi
0