Rossiya sobiq SSSR respublikalarining barcha qarzlarini to‘lagan - Putin

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s rabochey gruppoy po podgotovke popravok v Konstitutsiyu
Prezident RF V. Putin vstretilsya s rabochey gruppoy po podgotovke popravok v Konstitutsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, SSSRning vorisi sifatida, sobiq Sovet Ittifoqining barcha respublikalari qarzlarini to‘ladi, deb esga soldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Iqtisodchi Aleksandr Abramov Sputnik radiosida buning yangi tashkil etilgan davlatlar iqtisodiyoti uchun qanchalik muhimligini tushuntirdi.

Rossiya, SSSRning vorisi sifatida, sobiq Sovet Ittifoqining barcha respublikalarining chet eldagi aktivlar evaziga qarzlarini to‘lashni o‘z zimmasiga oldi, deb esga soldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Biroq, uning ta’kidlashicha, yangi tashkil etilgan barchasi ham davlatlar bu aktivlarni Rossiyaga topshirishmagan.

Upolnomochenniy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq SSSR aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirish kerak – ombudsmen

"Amaldagi Konstitutsiya, muqaddimada ming yillik tarix haqida aniq aytilgan - bu aniq va biz merosxo‘rlar ekanligimiz ham ravshandir. Qanday bo‘lmasin, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining barchasining qarzini to‘lash va qaytarish kerak bo‘lganida, biz vorislar ekanligimizga hamma rozi bo‘ldi, menimcha, biz faqat Ukraina uchun 16 milliard to‘ladik", - dedi Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh bilan uchrashuvda. U asosiy qonunda Rossiyani SSSR va Rossiya imperiyasining huquqiy vorisi ekanligi to‘g‘risidagi qoidani belgilash bo‘yicha takliflarga izoh berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sobiq Sovet Ittifoqning barcha respublikalarning qarzlarini xorijdagi aktivlar evaziga o‘z zimmasiga olganida "butun dunyo juda xursand bo‘lgan".

"Shunday qilib, biz hammaning kreditlarini to‘ladik, biroq sobiq Sovet Ittifoq hududida yangi tashkil etilgan ba’zi davlatlar chet eldagi o‘z aktivlarini bermadilar", - deb qo‘shimcha qildi Vladimir Putin.

RANXiGS amaliy iqtisodiy tadqiqotlar instituti laboratoriyasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Abramov Sputnik radiosi efirida Rossiya yangi tashkil etilgan davlatlarning tashqi qarzlarini to‘lashni o‘z zimmasiga olgani bilan ular uchun qulay iqtisodiy sharoit yaratganini ta’kidladi.

"Agar biron bir mamlakat yoki mintaqa nizosiz qarzlari va nisbatan past qarzlari bo‘lsa, bu yaxshi reytinglarga, makroiqtisodiy barqarorlikka yordam beradi. Bu kredit resurslarini olishni yanada qulayroq qilish, tashqi dunyo bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi. Umuman olganda, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun yanada qulay muhit yaratadi. Bu omil, albatta, iqtisodiy taraqqiyotni keskin tezlashtirishini anglatmaydi, ammo umuman olganda, bu ma’kul va ijobiy omil”, - deya xulosa qildi Aleksandr Abramov.

Yangiliklar lentasi
0