TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati Umra vizasini berishni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqida Din ishlari qoʻmitasi xabar qilmoqda.
"Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan eʼtiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasini taqdim etishni vaqtincha toʻxtatdi.
Ushbu chora karonavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda", - deyilgan rasmiy xabarda.
Shuningdek, ushbu masala boʻyicha Saudiya hukumatining rasmiy qarori va bayonoti bugun eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun ertalab Saudiya Arabistoni TIV rasmiy tvitter kanalida "koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan" davlatlar uchun umra va sayyohlik vizalari berishni toʻxtatgani haqida xabar bergan edik.