Qirg‘izistonda koronavirus tufayli vaqtincha to‘y o‘tkazmaslik taklif qilindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovRestoran. Arxivnoe foto
Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda deputat koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda to‘y va marosimlarni cheklashni taklif qildi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputati Baktibek Turusbekov koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda to‘y va marosimlarni cheklashni taklif qilda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

“Hozir biz to‘y va marosimlar o‘tkazmoqdamiz. Agar restoranga hech bo‘lmaganda bitta kasallangan kishi kelsa, virusni ko‘pchilikka yuqtiradi. Buni to‘xtatib tursa bo‘lmaydimi?”, - deya so‘ragan deputat parlamentga hisobot berayotib.

Konsepsiya kostuma ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Qirg‘iziston SSV vaziri Kosmosbek Cholponbayev ilgari ham to‘y va marosimlarni vaqtincha to‘xtatib turish taklifi bildirilganini eslatib o‘tdi. Lekin mamlakatda vaziyat barqaror, shuning uchun cheklovlar joriy etilmagan.

“Bunday bo‘lmasin, biroq, hech bo‘lmaganda bitta fakt qayd etilsa, boshqa mamlakatlardagi singari bolalar bog‘chasi va maktablarni yopishimizga to‘g‘ri keladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Agar tadbirlarni avvaldan taqiqlasak, jamiyat buni qanday qabul qiladi. Biz qonun va xalqaro qoidalar doirasida professional chora ko‘ramiz”, - dedi Cholponbayev.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 82 ming kishidan oshib ketgan. 2811 kishi vafot etgan, 33 mingdan ziyod kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0