Yosh qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayolning rejasi chippakka chiqdi

© AFP 2023 / ANOEK DE GROOTProstitutka, ojidayushaya kliyentov v rayone Krasnix fonarey Amsterdama.
Prostitutka, ojidayushaya kliyentov v rayone Krasnix fonarey Amsterdama. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. U qizni ming dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Samarqandda 1000 dollar evaziga 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIV axborot xizmati xabar qildi.

Jenshina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qo‘shmachilik qilgan 25 yoshli ayol ushlandi

Qayd etilishicha, viloyati IIB tezkor xodimlari tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi 47 yoshli ayol A.Yu. Qo‘shrabot tumani “Mingtepa” mahallasida yashovchi 24 yoshli A.J.ni Tailandga fohishalikka yuborish uchun A.A. ismli ayoldan 1 000 dollar olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan A.Yu.ga nisbatan JKning 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0