Xitoyga qarshi uydirma sensatsiyalar kimga kerak?

© AP Photo / Ng Han GuanUchastniki voyennogo parada v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine
Uchastniki voyennogo parada v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bizni Xitoy lagerida ushlab turishibdi" yoki "Xitoy musulmonlarni konslagerga qamab qo‘ygan" kabi virusli sensatsiyalar kimga kerak?

Xitoy to‘g‘risidagi eski uydirma dahshatlar epidemiya boshlanishidan oldin bo‘lgan, va bundan keyin ham bo‘ladi, deb yozadi kolumnist Dmitriy Kosirev.

Ushbu hayajonli voqea Londonda o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan va hozirgina Pekinda yakun topdi. Shunday qilib, Rojdestvo bayrami va unga xos mo‘’jizalar va olti yoshli Florens Uiddikomb ismli qiz qaysidir xayriya tashkiloti sotgan Rojdestvo otkritkalari solingan bilan qutida yurakni ezadigan xabar topadi.

Shubhali yaxshi ingliz tilidagi xabar quyidagicha: "Biz Shanxay Sinpu qamoqxonasidagi chet ellik mahbuslarmiz. Bizni irodamizga qarshi ishlashimizga majburlashmoqda. Iltimos, bizga yordam bering, inson huquqlari tashkilotlariga habar bering va janob Piter Xamfri bilan bog‘laning".

Situatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusning manbai Xitoy emas deb hisoblashmoqda

Ushbu voqea The Sunday Times gazetasida chop etildi.

Olti yoshli qiz g‘oyasiga besh baho (suvda cho‘kkan qumda kerakli g‘olatda yotqizilgan muhojir-bola bilanbog‘liq g‘oya kabi, bunisi ham dohiyona). Londonda Rojdestvo, va mahbuslar majburiy ravishda Rojdestvo otkritkalarini qadoklayotganligi – bunga ham besh baho. Ha, lekin bu yerda Piter Xamfri bilan bog‘lanish chaqirig‘i xayratlantiradi  - kim ekan bu afsonaviy qahramon va azoblanayotganlarni qutqaruvchisi? Bu "Da Vinchi kodi" uslubidagi davomiy qiziqarli kvest boshlanishiga o‘xshaydi goho.

Ammo bu kvestga afsonaviy Piter Xamfri kimligini surishtirayotgan xitoy ma’murlari qo‘shildi. Vanihoyat anglab yetishdi.

Ushbu sobiq jurnalist o‘zi ham Shanxay qamoqxonasida ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tirib chiqqani bilan taniqli bo‘lgan, qamalishiga sabab u Internetdan shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlab sotgan, bu esa Xitoyda ko‘p yoqtirilmaydi. Ehtimol, uni boshqa mahbuslar shunchalar yoqtirib qolganki, ularning azoblari haqida aynan yaqinda ozod qilingan Piter yozishini orzu qilgan edilar.

IO direktora Instituta Dalnego Vostoka RAN, professor fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki NIU VShE Aleksey Maslov - Sputnik O‘zbekiston
Virus tufayli Xitoy bilan chegara yopilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi - ekspert fikri

Pekin rasmiy ravishda, Xitoyning pochta otkritkalarini ishlab chiqaruchi kompaniyasi ularni hech qanday qamoqxonada qadoqlamasligi, Sinpu shahrida chet elliklar uchun majburiy mehnat umuman yo‘qligini e’lon qilganinini gapirmasak ham bo‘ladi. Buning ustiga, Xamfri birinchi marta katta siyosat bilan shug‘ullanayotgani yo‘q - Xitoyda sudlanganidan keyin u Britaniya regulyatoridan Xitoy televideniyesini Buyuk Britaniyada tarqatish litsenziyasidan mahrum qilishni talab qildi. Umuman olganda, Angliya yerlari o‘z ambitsiyalari borlarni va iste’dodlarini yo‘qotmadi. Otkritkalar bilan bog‘liq harakat a’lo darajada o‘tdi va uni amalga oshirish unchalik ham qiyin emas edi (gipotezada: u otkritkani o‘zi yozdi, o‘zini o‘zi topdi va gazetaga javob berdi).

Keling, ushbu voqea qanday katta manzaraga mos kelishini ko‘rib chiqaylik. Kimdir Xitoyga qarshi axborot urushining yagona jabhasi koronavirus va Xitoy – bu yuqumli va kamiga demokratiyasiz epidemiya bilan kurasha olmaydigan avtoritar rejim degan oddiy g‘oyaning tarqalishi deb o‘ylashi mumkin.

Ammo, birinchidan, barchasining aksi ro‘y berapti. Ma’lumot shuni ko‘rsatadiki, karantin tufayli vaqtincha ishlamay qolgan ishlab chiqarishlar to‘htamay ochilyapti, transport yo‘nalishlari hayotga qaytmoqda. Va har kim virusga chalinganlar, davolanganlar va o‘lganlarning soniga qarab ko‘rishi mumkin - va barcha kerakli foizlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqishi mumkin va ohir-oqibat, qayerga ketayotganlarini qarab, grafiklar chizishi mumkin. Umuman olganda, Pekin epidemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonmoqda.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy fuqarolariga Rossiyaga kirish vaqtinchalik taqiqlandi

Ikkinchidan, hech kim barcha tuxumlarni bitta savatga solmoqchi emas edi, Xitoy to‘g‘risidagi eski uydirma dahshatlar epidemiya boshlanishidan oldin ham bo‘lgan, va bundan keyin ham bo‘ladi. Bunga misol Avstraliyalik kaytib kela olmayotgan Van Litsan hikoyasi, davlat xukumatiga Pekinnning Avstraliyaning o‘zida, Tayvanda va o‘zining Gonkongida olib borgan buzg‘unchi faoliyati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni berishga va’da bergan (keyinchalik u bu soxta ekanligini tan olgan). Yoki  The Wall Street Journal-da "Xitoy - Osiyoning kasallangani" sarlavhali yana bir voqea. Bu tufayli gazeta xodimlarini Pekindan chaqarib yuborishgan va hozirda uning tahririyatida 53 xodim tahririyatdan uzr so‘rab jamoaviy xat yozgan.

Qayd etish joiz: Mahalliy targ‘ibot muttasil paydo bo‘ladigan bunday uydirmalarga javob berishni yaxshi o‘rganib oldi. Avvaliga - taxminan uch yil oldin - bunday holatlarda juda ko‘p xafagarchiliklar bo‘lgan: bu nima, bu voqealar birin-ketin qayerdan kelib chiqmoqda? Keyin navbatdagi bosqich keldi: g‘azablanish. Bu tarzda yolg‘on gapirish mumkin jmas, ko‘rinishidan munosib odamlar bilan muomala qilingan ediku. Umuman olganda, Xitoy jamiyati Rossiya taxminan 2012-yildan beri boshdan kechirgan voqealarni boshidan kechirdi. Va endi Pekindagi navbatdagi informatsion harakatlarga nisbatan reaksiyasi hech qanday qo‘shimcha hissiyotlarsiz amalga oshirilmoqda. Bu Rossiya bilan bo‘lganni singari.

Va britaniyalik Ostap Benderning Rojdestvoning Rojdestvoga bag‘ishlangan maftunkor aksiyasini umuman eslamasa ham bo‘lardi, agar ... Bu yerda  Xitoy bilan axborot urushining hozirgi bosqichi "to‘satdan" qanday boshlanganini eslatib o‘tish joiz.

Rabota IT- spetsialista za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy mudofaa vazirligi kibero‘g‘irlik ayblovi yuzasidan AQShga protest bildirdi

Ya’ni, bu urush hech qachon to‘xtamagan ham, 2008-yil voqealarini eslash kifoya, bunda barcha to‘g‘ri odamlar Tibet uchun ozodlikni talab qilishgan edi. Keyin ular bu haqda unutishdi. Ammo bu normal holat va Xitoy boshqa ko‘plab mamlakatlardan farq qilmaydi, va ularga turli xil huquq himoyachilari vaqti-vaqti bilan ovozli fonni ushlab turish uchun va o‘z tishlarini qayrab turishligi uchun tishlab turadi. Hech bo‘lmaganda Hindiston olaylik - Hindistonning hozirgi hukumatiga qarshilar bizga kamida oyda bir marta bu hukumat musulmonlarni qanday xo‘rlashini aytib turadi. Ammo fon - bu fon, Xitoy allaqachon bunga odatlangan. Va to‘satdan, birinchi navbatda, Shtatlarda Xitoyga nisbatan olib borilgan butun siyosat (yarim asrdan ko‘proq vaqt) xato va umidsizlik bo‘lganligi, bu mamlakatga bosim o‘tkazib tiyib turish kerakligi haqida nashrlar paydo bo‘ldi. So‘ngra AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens ayblovlar sanab o‘tilgan dasturiy nutqini o‘qidi: bu davlatda o‘z fuqarolarini kuzatib borish tizimini yaratilgan, Shinjonda konsentratsion lagerlar qurildi va hamkorlarni qarzga botirildi. Bu 2018-yil oktabrida ro‘y berdi. Yangisidan: Davlat kotibi Maykl Pompeoning AQSh shtatlari gubernatorlariga oldida qilgan nutqi, unda Xitoy butun Amerikani qanday boshqarishini va uni uz panjalarida ushlab turishini batafsil bayon qildi.

Albatta, bu dahshatli hujjatlar edi, chunki birinchi navbatda, mas’ul shaxs haqiqat to‘g‘risida ko‘p tashvishlanmasdan, bu kabi eng yovvoyi ayblovlarni gapirishi mumkin emas. Ya’ni, biz, takrorlaymiz, bunga uzoq vaqtdan beri o‘rganib qoldik, lekin Xitoy ... Xitoy o‘z vahshiyliklarining targ‘ibot ro‘yxati "chet ellik mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish" qatori bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, ajablanmasin ham. Va hech kim hamma narsa qayerdan kelib chiqqanini va kim o‘ziga o‘zi qanday otkritkalarni yozganligini eslay olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0