“Qo‘l berib ko‘rishishning vaqti emas”: koronavirusdan qanday himoyalanish kerak

CC0 / Pixabay / rawpixel / Rukopojatie, arxivnoe foto
Rukopojatie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan himoyalanish chorasi sifatida “Nyukasl” klubi futbolchilari orasida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi.

“Nyukasl” futbol klubi bazasida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi. Bu haqda Angliya futbol klubining bosh murabbiyi Stiv Brus aytdi.

Konsepsiya kostuma ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Nyukasl" da futbolchilar va xodimlar har kuni ertalab klub bazasida bir biri bilan qo‘l berib ko‘rishishgan.

"Biz shifokorning maslahati bo‘yicha qo‘l berib ko‘rishishni to‘xtatdik. Bizda a’lo darajadagi shifokor bor, u bizni nima qilish kerakligi haqida xabardor qilib turadi”, - murabbiy so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Sputnik radio efirida biologik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Nikolay Durmanov futbolchilar uchun joriy etilgan bu cheklov yuzasidan izoh berdi va o‘z tavsiyalarini aytdi.

“"Nyukasl" futbol klubining tavsiyalari tibbiyot jihatdan asoslidir. Bu nafaqat o‘yinchilar, balki boshqa fuqarolar ham buni hisobga olish kerak bo‘lgan narsa. Biz bir-birimiz bilan uchrashganda qo‘l siqish, quchoqlash va hatto o‘pishni yaxshi ko‘ramiz. Ammo hozir buni qilish vaqti emas. Shunday qilib, bu juda oqilona maslahat. U umuman olganda shifokorlar beradigan tavsiyalar doirasida: ko‘p odamlar to‘planadigan joyga bormaslik, ayniqsa yo‘talayotgan va aksirayotgan odamlar bilan aloqani minimallashtirishga harakat qilish kerak”, - deydi Durmanov.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Unga ko‘ra, faqat tibbiy bir martalik niqoblarga ishonib qolish kerak emas.

“Niqoblar – virusning mayda zarrachalaridan himoya qilishga kafolat bermaydi. Qo‘l gigiyenasi bu yerda, barcha ekzotik maslahatlarga qaraganda, ancha muhimdir. Qo‘lingizni tez-tez yuvish kerak, sirtlarni antiseptik moddalar bilan artishish kerak. Virus bu bakteriya emasligini yodda tutish kerak. Agar spirtli eritmalar dezinfeksiyalash uchun ishlatilsa, unda ularning kuchi kamida 60 daraja bo‘lishi kerak. Oddiy qo‘l yuvish gellari odamlar o‘ylagandek, samarali bo‘lmasligi mumkin”, - dedi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0