Dunyoda

Anqarada Sputnik Turkiyaning uch xodimiga hujum qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishLogotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik".
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik. - Sputnik Oʻzbekiston
Jurnalistlar bilan hozirgacha bogʻlanishning imkoni boʻlmayapti. Rossiya TIV, Davlat dumasi ushbu voqeaga oʻz munosabatini bildirdi.

TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga nomaʼlum shaxslar bostirib kirishga urinib, ularni vatanga xoinlikda aybladi. Bu haqda “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan xabar qildi.

Sputnik Turkiya nashrining xabar qilishicha, hodisa 29 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda sodir boʻlgan. Xodimlarning xonadoniga 15-30 kishidan iborat guruh bostirib kirishga uringan. Nomaʼlum shaxslar millatchilik shiorlarini baland ovoz bilan aytib, haqorat va tahdid qilishgan.

Hujumga uchragan xodimlar politsiyaga shikoyat arizasini topshirganlar. Keyinchalik ular aloqaga chiqmay qoʻyishgan.

​Rossiya TIV Sputnik Turkiya xodimlariga uyushtirilgan hujum va ularning qoʻlga olinishini “jurnalistlar huquqining jiddiy poymol qilishini” deb atagan.

“Jurnalistlarni jismoniy zoʻravonlik bilan qoʻrqitishgan, kasb faoliyatlarini toʻxtatishni talab qilishgan. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, kecha kechqurundan buyon jabrlanuvchilar Turkiya kuch ishlatar tizimida boʻlib turishibdi. Vaziyat ular bilan aloqa oʻrnatib boʻlmayotganligi bois murakkablashmoqda”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya Federal kengashi aʼzosi Konstantin Kosachyov, oʻz navbatida, ushbu hodisa Moskva va Anqara oʻrtasidagi vaziyatning murakkablashishiga olib kelishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala