Buxoro viloyatining uchta tumanida hokimlar o‘zgardi

© Foto: xokimiyat Buxarskoy oblastiNargiza Nematova naznachena na doljnost i. o. xokima Alatskogo rayona Buxarskoy oblasti.
Nargiza Nematova naznachena na doljnost i. o. xokima Alatskogo rayona Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatining Olot tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlandi. Kogon va Qorako‘l tumanlarida ham hokimlar o‘zgardi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Buxoro viloyatining Kogon, Qorako‘l va Olot tumanlarida hokimlar tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugunga qadar Vazirlar mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muhiddin Esanov Kogon tumani hokimi vazifasida ish boshladi. Muhiddin Esonov 2011—2016 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan. So‘ngra ma’lum muddat Buxoro tumaniga rahbarlik qilgan edi.

Qorako‘l tumani sobiq hokimi Husniddin G‘oyirovning sog‘lig‘i tufayli tuman hokimi lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida yozgan arizasi qoniqtirilgan. Uning o‘rniga hozirda Olot tumani hokimi bo‘lib ishlayotgan Sherali Salomov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

“Kunning muhim voqeasi Xalq deputatlari Olot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida sodir bo‘ldi. Unga ko‘ra, tuman hokimi o‘rinbosari vazifasida ishlagan Nargiza Ne’matova endilikda tuman hokimi vazifasini bajaradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi. Avvalroq esa Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0