Hodisalar

Denovda uy olmoqchi boʻlgan ayol pul va tilla taqinchoqlaridan ayrildi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishPervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Pervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Firibgar ayolning 4 ming dollar, 35 890 000 soʻm va bir necha million soʻmlik tilla taqinchoqlarini oʻzlashtirib yuborgan.

TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Denovda uy olmoqchi boʻlgan ayolni katta pulga chuv tushirishdi.

Uzbekskiye denejnыe znaki - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi boʻlgan erkak yirik mablagʻidan ayrildi

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, G.M. ismli ayol Uzun tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ayol oʻz arizasida 2013 yil iyun oyidan 2018 yil may oyiga qadar “Tojikobod” mahallasida yashovchi X.N. uning ishonchiga kirgani va Denovda  qurilayotgan namunali uylardan sotib olib berishini vaʼda qilganini bayon qilgan.

Ayolning maʼlum qilishicha,  fuqaro uning 4 ming dollar, 35 890 000 soʻm va 8 million soʻmlik tilla taqinchoqlarini oʻzlashtirib yuborgan.

Hozirda firibgarga nisbatan tegishli modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala