Ayrim mahalla raislari uchun “qo‘l kelgan” qarordan tez orada voz kechiladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kam ta’minlangan va 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan nafaqalar tayinlanishida yuz bergan korrupsion holatlarga chek qo‘yiladi.

TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vaziri Rahmat Mamatovning ta’kidlashicha, mahalla raislari tomonidan nafaqa tayinlanishida yuz berayotgan korrupsion holatlariga yaqinda chek qo‘yiladi. Bu haqda u joriy yil 2-mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Raxmat Mamatov - Sputnik O‘zbekiston
Mahalla va oila: Mamatov yangi tashkil etilgan vazirlik haqida

Rahmat Mamatov kam ta’minlangan sharoiti og‘ir oilalar va 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan nafaqalarni to‘lashda ayrim hududlarda mahalla raislari tomonidan g‘irromliklar sodir bo‘layotgani, buni bartaraf etish va adolatli shaffof tizimni yaratilishi yuzasidan o‘z taklifini ochiqladi.

"Mahalla tizimining eng oyog‘idan tortadigan, eng nomiga gap keltiradigan qaror... Bu qaror bo‘yicha menga ko‘p savollar bo‘ldi. Haqiqatan ham bu qaror bo‘yicha korrupsion holatlar, ya’ni bir oyligini olib qolib, nafaqa tayinlash holatlari mahallalarda yuz bergan... Bu nafaqalar aslida limit asosida beriladigan yordam puli bo‘lib, bir mahallada 20 ta fuqaro bo‘lsa, shundan uchtasiga beriladi, 17 tasi navbatda turadi. Bu qaror umuman o‘zini oqlamagani uchun bizning tizimdan chiqib ketadi yil yakuniga qadar... Biz bu bo‘yicha hamma takliflarni ishlab berapmiz,– deydi yangi vazir.  

 

Yangiliklar lentasi
0