Dunyoda

Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

© Sputnik / Anton Bystrov / Fotobankka oʻtishJiteli Tegerana idut po odnoy iz tsentralnыx ulits v meditsinskix maskax
Jiteli Tegerana idut po odnoy iz tsentralnыx ulits v meditsinskix maskax - Sputnik Oʻzbekiston
Agentlik amaldor koronavirus yuqtirib olganini taʼkidlagan. 1 mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Eronda Muvofiqlik kengashi (Eron oliy rahbari qoshidagi kengash organi) aʼzosi Muhammad Mirmuhammadiy vafot etdi. Bu haqda Fars agentligi xabar qilmoqda.

Vitse-prezident Irana po delam jenщin i semi Masume Ebtekar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron vitse-prezidenti koronavirusga chalingani aniqlandi

Oʻlimning aniq sababi aytilmayapti. Biroq agentlik avvalroq amaldor koronavirus yuqtirib olganini taʼkidlagan. 1 mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

Mirmuhammadiy 72 yoshda edi. Hayoti davomida u ikki marotaba Qum provintsiyasidan Eron Majlisiga (parlamentiga) deputat etib saylangan.

Eron Xitoydan tashqarida koronavirus avj olgan yetakchi davlatlardan biri sanaladi.  

1 mart kuni Eronda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 987 kishiga yetgani xabar qilindi, ulardan 54 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala