Koronavirus tufayli soqolni qirish kerakmi? Shifokor fikri

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishIV Rossiyskiy chempionat borod i usov
IV Rossiyskiy chempionat borod i usov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radioga bergan intervusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo‘ylovini qirish kerakmi va zarur choralar haqida o‘z fikrlarini aytdi.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radiosiga bergan intervusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo‘ylovini qirish kerakmi degan savolga javob berdi.

Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjonda birinchi koronavirus holati aniqlandi

Koronavirusning yangi turining dunyo bo‘ylab tarqalishi bir qator afsonalarni keltirib chiqardi. Masalan, tibbiy niqobni kiyganda, erkaklar yuzga yopishib turishi uchun soqolni  qirib tashlashlari kerak degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Bunday fikrlarga hech qanday asoslar yo‘q, deydi Olga Koxas.

“Koronavirus shanchalik maydaki, teri orqali o‘tadi. Odam kiyimsiz yursa, kasal bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Soqol va mo‘ylov – bu uzun sochlar, sochlar esa himoya funksiyasiga ega. Soqol va mo‘ylov - bu himoya deb, ta’kidlagan bo‘lardim”, - deb ta’kidladi shifokor.

Biroq, bu himoya faqat gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda o‘z natijasini beradi, deydi shifokor.

“Soqol va mo‘ylovni parvarish qilish kerakligini anglash kerak. Soqolni nafaqat suv bilan, balki shampunlar bilan yuvish kerak. Agar yuzdagi sochlar ostidagi toshmalar bo‘lsa, soqol ostidagi terini tozalaydigan antiseptik bilan maxsus vositalardan foydalanish kerak. Soqolni har qanday sharoitda, turli mavsumda parvarish qilish, viruslar deb qirib tashlamaslik kerak. Soqol - bu dushman, deb aytmayman. Bu yerda virus, ayniqsa koronavirusning tarqalishiga yordam bermaydi”, - dedi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0