“Uch pahlavon” haykali - o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlari do‘stligi ramzi

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiPamatnik "Uch pahlavon" v Namangane otkrilsya zanovo
Pamatnik Uch pahlavon v Namangane otkrilsya zanovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Uch pahlavon” haykali - 1971-yilda tabiiy ofatlarga birgalikda qarshi turgan o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida yaratilgan.

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Namanganda “Uch pahlavon” haykali qayta ochildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri shahar hokimligiga asosan.

“Uch pahlavon” haykali Namangan shahrining Islom Karimov ko‘chasida, “Afsonalar vodiysi” bog‘i yonida joylashgan. Ushbu hududning oldingi nomi - Selxona bo‘lgan.

Festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda “Gul bayrami” festivali g‘oliblariga avtomobillar topshirildi

Namangan viloyati aholisi asrlar davomida seldan aziyat chekkan, viloyat hududida 5ta ana shunday selxona bo‘lgan. Tabiiy ofatdan saqlanish maqsadida 1968-yilda viloyat rahbariyati shu yerda uzunligi 600 metr balandligi 19 metr bo‘lgan to‘g‘on qurishga qaror qiladi. Yangi to‘g‘on 3-yilda qurib bitkaziladi. Paydo bo‘lgan hovuz sathi 36,4 gektar maydonni egallab, u 3,4 million kub metr suv saqlash quvvatiga ega bo‘ladi. 

To‘g‘on bilan bir vaqtda, ushbu darodan bahra oladigan uch millat o‘zbeklar, qirg‘izlar va tojiklarning birdamligini ramzi sifatida "Uch pahlavon" haykali ham quriladi. Haykal muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mutallib Abbosov (Navoiy nomidagi viloyat teatrining bosh rassomi) 

Haykalning asosiy g‘oyasi - inson ona tabiatga g‘azab qilolmasada uning qalbida mardlik va matonat bor bahodirlar el boshiga ish tushganda zalvorli yukka yelka tutadilar, balo-ofatlarga ko‘kraklarini qalqon etdilar.

Selxona, to‘g‘on, yo‘l, haykal – hammasi 1971-yil kuzida qurib bitkazilgan. Bahodirlar siymosi o‘sha paytda “Mardlik” monumenti nomini oldi, shohko‘cha esa “Do‘stlik” nomi bilan ataldi.

Podpisani soglasheniya mejdu xokimiyatom Namanganskoy oblasti i Sverdlovskoy oblasti o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston
Namangan va Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik kuchaytiriladi

1990-yillarda "Uch pahlavon" ham ikki marta vandallarning hujumiga duchor bo‘lganidan so‘ng, vaqtincha xavfsiz joyga ko‘chirilgan edi.

Bugun, mana tarixiy haqiqat qaror topib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini, matonatini abadiylashtirish uchun bapro etilgan “Uch pahlavon” haykali eski o‘rniga qaytarildi. “Uch pahlavon” haykali kundan kunga chiroy ochib borayotgan Namanganning eng diqqatga sazovor obyektlaridan biriga aylanishi shubhasiz, - deyilgan xabarda. 

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar hokimi Shavkat Abdurazzaqov, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0