Jamiyat

Ortiqxoʻjayev matbuot xizmati rahbari: bilaman, yangi joyda oson boʻlmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFurkat Maxmudxodjayev
Furkat Maxmudxodjayev  - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev OAV vakillari bilan uchrashuvda jurnalistlar bilan qanday ish tashkil qilishi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 2 mar – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining yangi rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev OAV bilan qanday qilib samarali ish olib borishi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Na musulmanskom kladbiщe v Dushanbe. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ortiqxoʻjayev qabristonlarda goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi

Mahmudxoʻjayevning oʻzi aytib berganidek, uning yangi ishga tayinlanishi haqidagi xabar tarqalgach, tanishlar uni tabriklay boshladilar, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali.

"Ular menga "eng noshukur ishda va lavozimda muvaffaqiyat tilashdi", - dedi u va bu lavozim otuvga hukm qilinganlar uchun deya hazil bilan qoʻshib qoʻydi.

Biroq, u qiyinchiliklarga qaramay, Toshkent shahri manfaati uchun ishlashni xohlashini tan oldi.

“Men oʻz ishimda minimal va maksimal vazifalarni belgiladim. Minimal vazifa - bu hokimiyat matbuot xizmatining ishi, bu yerda allaqachon ish olib boradigan jamoa shakllangan, koʻp narsaga erishgan va mening vazifam - bu davlat hokimiyati idoralari va mahalliy hokimliklarning hududiy matbuot xizmatlari ishini tashkil etish va ularga yordam berish, ularning faoliyatini Toshkent axborot hududiga integratsiya qilish. Maksimal vazifa: oʻz lavozimim - Toshkent shahar hokimligining matbuot kotibi va hokimning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan kelib chiqqan holda, jurnalistlar va blogerlarning qarashlari va nashrlariga qaramay, biz birgalikda ishlashimiz, bir-birimizga yordam berishimiz, fikrlarimizni hisobga olishimiz, rivojlanish tendentsiyalarini bashorat qilishimiz kerak", - dedi u.

"Biz oʻz jamoamiz bilan tezda ishlashga harakat qilamiz, aloqa kanallari mavjud, biz bularning barchasini jamlaymiz va bu shaharni rivojlantirish uchun eng yaxshi usul boʻladi deb oʻylayman", - deya yakunladi matbuot xizmati rahbari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala