O‘zbekiston yana ikki mamlakat bilan aviaqatnovni vaqtincha to‘xtatdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamoleti aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samoleti aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 mart kunidan boshlab O‘zbekistonning Afg‘oniston va Eron davlatlari bilan aviaqatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Joriy yilning 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab O‘zbekistonning Afg‘oniston, Eron davlatlari bilan aviaqatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu chora davlatlar o‘rtasidagi aviqatnovlar Covid – 19 koronavirusining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Meditsinskie rabotniki osmatrivayut voditeley v Tegu - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vataniga qaytishga shoshmaslikni tavsiya etdi

“O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etiladi”, - deyilgan xabarda.

TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1 martdan Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0