Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 maydan bogʻcha puli oshadi – jadval

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda 1 maydan bogʻchaga toʻlanadigan ota-onalar puli miqdorlari tasdiqlandi.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 maydan bolalar bogʻchasi uchun toʻlov miqdorlari oʻzgaradi. Bu haqda Adliya vazirligining ”Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Bolaning poytaxt va viloyat markazlaridagi davlat bogʻchalarida 9 soat boʻlishi narxi oʻrtacha 15 foizga oshadi. Bir oiladan bittadan koʻp bola borgan taqdirda ham – narx har bir bola uchun oʻrtacha 15 foizga koʻtariladi. 

Quyida 1 maydan amalga kiritilayotgan bogʻchaga toʻlanadigan ota-onalar puli miqdorlari koʻrsatilgan.

© "Huquqiy axborot" telegram kanaliOʻzbekistonda 2020 yil 1 maydan bogʻcha puli miqdorlari oʻzgaradi
Oʻzbekistonda 1 maydan bogʻcha puli oshadi – jadval - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 2020 yil 1 maydan bogʻcha puli miqdorlari oʻzgaradi

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Hypobod, Qoʻshrabot, Urgut, Bulungʻur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani hamda Fargʻona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala