O‘zbekistonning yana 4 shahrida Narxoz filiallari ochilishi mumkin

© RepostTGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie
TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish haqida prezident qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Samarqand, Qarshi, Nukus va Urganch shaharlarida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining filiali ochilishi mumkin. Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida chop etilgan prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etilishi mamlakatimiz xududlarida iqtisodiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirdi, - deyilgan qaror matnida.

Shuningdek, 2022-yil Qarshi shahrida, 2023-yil Nukus shahrida va 2024-yil Urganch shahrida Narxoz filiallarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
“Narxoz” rektori ishdan olindi

Ushbu shaharlarda TDIU filiallarining tashkil qilishdi qilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ishtirok etishi kutilmoqda. Viloyat hokimliklari filallar moddiy-texnika bazasini tashkil qilishda yordam beradi.

Undan tashqari turizm xizmatlarini chuqurroq o‘rganish va amaliy sinab ko‘rish maqsadida TDIU oromgohi zamonaviy dam olish maskani aylantiriladi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Navabot QFYda joylashgan “Iqtisodchi oromgohi”ni qayta ta’mirlash ishlariga, xususan Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Tog‘ turizmi, Turizm va dam olish menejmenti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot darslarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligi shaklida mehmonxona, ko‘ngil ochar inshootlar, turizmni rivojlantirishga qaratilgan turli infrastrukturalar qurilishiga ruxsat berilsin, - deyilgan qaror loyihasida.

Undan tashqari "xususiy sektor vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish" maqsadida “TSUE-INVEST” MChJ tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tashkilot jumladan quyidagilar bilan shug‘ullanadi: 

  • korxona va kompaniyalar hamda xalqaro moliya tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni imzolash;
  • universitet moddiy-texnik bazasini yangilash;
  • investitsion loyihalarda ishtirok etish;
  • Universitet kadrlari tomonidan yaratilgan innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashish;
  • pullik ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish.

Yangi qaror loyihasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib u 2020-yilning 7-martiga qadar muhokamada bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0