Siyosat

Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi Oʻzbekiston uchun xavflar toʻgʻrisida gapirdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mintaqaviy tahdidlarni oʻrganish markazi direktori Viktor Mixaylov "Tolibon"* bilan tuzilgan shartnomalarni ehtiyotkorlik bilan baholamoqda, chunki uning safida kelib chiqishi oʻzbekistonliklar boʻlgan terrorchi guruhlar vakillari ham jang qilmoqda.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonida, jumladan, "Tolibon" bilan muzokaralar olib borishda Toshkentning vositachiligi, umuman olganda ijobiy holatdir, biroq Oʻzbekiston yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni yodda tutishi va baholashi kerak.

"Sir emaski, oʻz vaqtida Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz ichiga olgan terrorchi guruhlar ham "Tolibon"* safiga qoʻshilgan. Xususan, "Oʻzbekiston Islomiy harakati"* yetakchilari Tohir Yoʻldoshev va Juma Namangoniy oʻsha paytda Usama bin Laden va Mulla Umar bilan uchrashishgan. Agar pushtunlarning mafkurasi va falsafasida shimol tomonga yurish uyushtirish va yangi hududlarni zabt etish maqsadi boʻlmasa, u boshqa guruhlar bunday niyat yoʻq deb hech kim kafolat berolmaydi. Hatto kelishuvlarga erishilgan taqdirda ham, ular nizoning barcha tomonlari tomonidan amalga oshirilishi aniq emas", - deb taʼkidlaydi Mixaylov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH va "Tolibon"* vakillari oʻrtasida bitimlarni imzolash marosimida ishtirok etdi, shu bilan birga, toliblar Toshkentning afgʻon mojarosini hal qilishdagi muhim rolini taʼkidladi.

Oʻzbekiston boshidan Afgʻoniston muammosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlgan. 2018 yil mart oyida Toshkentda Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomoni barcha qarama-qarshi kuchlarning muzokaralari uchun maydon vazifasi sifatida taklif qildi.

Rossiyskiy ekspert rasskazal o riskax dlya Uzbekistana v soglashenii s Talibami*

* Oʻzbekiston, RF va bir qator boshqa davlatlarda terrorchilik harakat va uyushmalar deb tan olingan.

Yangiliklar lentasi
0